Dengiz – Dunyo okeanining [bir] qis-mi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kòp uralgan bòlsa, okeandan tafovuti shuncha kòp bòladi. Oke-anlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, mas, Sargasso Dengiz va Filippin Dengiz Aslida kul (mas, Orol, Kaspiy, Oʻlik dengizlari), lekin maydoni ancha katta bulganligidan Dengiz deb atalgan, baʼzi Dengizlarga esa qoʻltiq deyiladi (mas, Gudzon qoʻltigʻi, Fors qoʻltigʻi). Dengizlar geografik oʻrni va gidrologik rejimi xususiyatlariga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: materiklar orasidagi Dengizlar, materik ichkarisidagi Dengizlar va chekka Dengizlar.

Dengiz koʻrinishi.

Materiklar orasidagi Dengizlar juda chuqur buladi. Bularga Oʻrta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi Dengizlar, Karib dengizi va Qizil dengiz kiradi. Materikdagi Dengizlar biron materikning ichkarisida joylashgan boʻladi. Bularga Oq dengiz, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va boshqa kiradi.

Chekka Dengizlar okean va materiklarning chekkalarida boʻladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Bering dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa kiradi.

Dengiz atrofidagi qurukdik Dengizning iqlimi, suv rejimi va suv osti yotqiziqlariga uz taʼsirini koʻrsatadi. Bunday taʼsir materik ichkarisidagi va materiklar orasidagi Dengizlarda ayniqsa katta buladi. Dengiz atrofidagi daryolar Dengizga chuchuk suv bilan birga loyqa (oqiziq) jinslarni keltiradi. Dengizlar geologik nuqtai nazardan yosh hosillardir. Ular uchlamchi davrda vujudga kelgan, toʻrtlamchi davrda toʻliq shakllangan. Eng chuqur Dengizlar Yer pustining upirilgan – yorilgan joylarida hosil boʻlgan. Masalan, Oʻrta dengiz (eng chuqur joyi 5121 m), Karib dengizi (eng chuqur joyi 7090 m) va boshqa Sayoz Dengizlar materik chekkalarining choʻkkan qismlarini okean suvining bosishidan yoki okean sathining koʻtarilishidan paydo boʻlgan. Bunday Dengizlar koʻpincha materik sayozliklarda joylashgan (qarang Shelf). Masalan, Sharqiy Sibir dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa.

Dengiz tubining relyefi okeanlarning ochiq qismi tubining relyefiga qaraganda oddiyroq tuzilgan. Dengiz tubi relyefida katta masofaga choʻzilgan suv osti baland tizmalari, keng platolar emas, balki uncha chuqur boʻlmagan soyliklar, tepaliklar, sayozliklar koʻp.

Dengiz iqlimiga quruqlikning taʼsiri katta. Tropiklardagi Dengizlar ustida temperaturaning oʻrtacha yillik amplitudasi 15° (Fors qoʻltigʻi), oʻrtacha kengliklarda esa 30° va undan ortiq (Yapon dengizi). Dengiz yuzasidagi suv temperaturasining amplitudasi oʻrtacha va subtropik kengliklardagi Dengizlarda eng katta (mas, Oʻrta dengizda 17° gacha), ekvator atroflaridagi Dengizlarda esa eng kichik (mas, Sula-vesi dengizida 2° dan kam) boʻladi. Geografik oʻrniga qarab baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi qoʻshni okean yuzasinikiga qaraganda yuqoriroq boʻladi (mas, Qizil dengiz), baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi esa okean yuzasinikidan pastroq boʻladi (mas, Oxota dengizi).

Dengiz suvining shoʻrligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan kam boʻlsa, shoʻrlik darajasi past boʻladi (mas, Boltiq dengizida 6—8%o). Bunda bugʻlanmay qolgan ortiqcha suv Dengiz yuzasidan oqeanga chiqib ketadi. Agar bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan ortiq boʻlsa, Dengizlarning shoʻrlik darajasi yuqori boʻladi (mas, Qizil dengizda 41,5%o). Bunda ortiqcha bugʻlanish natijasida Dengiz sathi pasayadi. Natijada oke-andan suv oqib keladi.

Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.

Dengizlarda zichlikning mavsumiy oʻzgarib turishi natijasida, mavsumiy vertikal sirkulyasiya kuchli boʻladi. Suv yuzasidagi zichlik katta boʻlgan dengizlarda vertikal sirkulyasiya dengiz tubigacha yetib boradi.

Oqimlar Dengizlarda kam. Quruklikdan quyilgan suvlar, atmosferadagi siklonlar, Yerning aylanishidan vujudga kelgan buruvchi kuch taʼsirida oqimlar aylanma harakat qiladi. Ularning yoʻnalishi Shimoliy yarim sharda soat mili yoʻnalishiga qarshi, Jan. yarim sharda esa soat mili yoʻnalishi boʻylab boʻladi.

Dengizlar hayvonot va oʻsimlik dunyosining endemik turlari koʻpligi va organik dunyosining xilma-xil boʻlishi bilan okeanlardan farq. qiladi.

Adabiyot tahrir

  • Kerrington R., Biografiya morya, L., 1964.[1]

Dengizlar roʻyxati tahrir

Atlantika okeani tahrir

Shimoliy Muz okeani tahrir

Hind okeani tahrir

Tinch okeani tahrir

Janubiy okeani tahrir

Yopiq dengizlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil