Banda dengizi
Banda dengizi — Tinch okeandagi orollar oraligʻidagi dengiz. Indoneziyada, Seram, Vetar, Jan.-Sharqiy va boshqa orollar orasida. Maydoni 714 ming km², chuq. 7440 m gacha. Suvining yillik oʻrtacha temperaturasi 27*. Shoʻrligi 34,5%. Tubida soyliklar va balandliklar, jan.da Gunung-Api suv osti vulkani bor. Dengazda uchar baliq, akula, tunes va sakkizoyoqlar yashaydi. Ambon porti (Ambon o.da) bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |