Tasman dengiziTinch okeanning chekka dengizi. Gʻarbdan Avstraliya bilan Tasmaniya o., sharqdan Yangi Zelandiya, Norfolk va Yangi Kaledoniya o.lari oʻrab turadi. Maydoni 3336 ming km². Eng chukur joyi 6015 m. Suvining temperaturasi yuza qismida fevralda shimolida — 27°dan janubida 14—15°gacha, avgust oyida shimolida 23°dan janubida 9—11°. Shoʻrligi 35—35,5%o. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (5,3 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Sidney, Brisben, Nyukasl, Oklend, NyuPlimut. Dengiz sayyox. A. Tasman nomi bilan atalgan.