Norfolk
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Norfolk — AQShning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar. Atlantika okeani sohilida, Virginiya shtatida. Aholisi 234,4 ming kishi (2000). Xempton-Rode qoʻltigʻi sohilidagi port. Kemasozlik (jumladan, harbiy kemalar), neftni kayta ishlash, tayyor qismlardan avtomobil yigish, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1688-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |