Oklend (shahar)
Yangi Zellandiyadagi shahar
Oklend — Yangi Zelandiyadagi shahar, Shim. orolda, Oklend yarim orolni Shim. orolning asosiy qismi bilan bogʻlab turuvchi boʻyinda joylashgan. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Tinch okeanning Xauraki qoʻltigʻidagi muhim dengiz porti, yiliga 16 mln. t yuk ortib-tushiriladi. Chetga jun, goʻsht chiqaradi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oklend (shahar) stansiyasi. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakatdagi sanoat mahsulotining 1/ 3 kismi ishlab chiqariladi). Mashinasozlik (xususan, transport, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika mashinasozligi), metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1882) sanʼat galereyasi, maoriylar sanʼati muzeyi bor.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |