Yangi Kaledoniya
Yangi Kaledoniya (fransuzcha: Nouvelle-Calédonie) — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019)[2], asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili — fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan.[4] Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan soʻng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda oʻtkazilgan referendum natijalariga koʻra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori boʻlgan.
Yangi Kaledoniya Nouvelle-Calédonie
| |
---|---|
Shior: Terre de parole, terre de partage | |
Madhiya: Soyons unis, devenons frères[1] | |
![]() | |
Poytaxt |
Numea 22°16′S 166°28′E / 22.267°S 166.467°E G O |
Rasmiy til(lar) | fransuz |
Yetakchilar | |
Emmanuel Macron | |
• Hukumat prezidenti |
Louis Mapou |
Maydon | |
• Butun |
18,576 km2 |
• Suv (%) |
1.6 |
Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
271 407[2] (184-oʻrin) |
• Zichlik | 14.5/km2 |
YIM (nominal) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$9.44 milliard[3] |
• Jon boshiga |
AQSh$34,780[3] |
Pul birligi | CFP franki (XPF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+11 |
Telefon prefiksi | 687 |
Internet domeni | .nc |
Orollarning yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan yassitogʻlik. Eng baland joyi — 1628 m. Gʻarbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24—26°, iyulniki 20°. Iillik yogʻin sharqida 3000 mm, gʻarbida 700 mm. Yozda tropik dovullar boʻladi. Daryo koʻp. Oʻsimlik dunyosi baland boʻyli oʻtlar, siyrak igna bargli oʻrmonlardan iborat. Endemik oʻsimlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Sholi, maniok va makkajoʻxori ekiladi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.
Davlat boshqaruviTahrirlash
Fransiyaning alohida maʼmuriy-hududiy tuzilmasi. Davlat rahbari — Fransiya prezidenti. Uning nomidan oliy komissar hududni boshqaradi. Ijroiya hokimiyatini mahalliy hukumat bajaradi. Bir palatali Kongress esa 5 yil muddatga saylanadigan 54 ta deputatdan iborat. Yangi Kaledoniya Fransiya parlamentida ikki deputatga va ikki senatorga ega. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti (Mustaqillik uchun milliy ittifoq), Soʻl sotsialistlar tashkilotlari ittifoqi, Kanaklarni ozod qilish partiyasi, Melanez taraqqiyparvar ittifoqi, Kaledoniya ittifoqi, Okeaniya demokratik harakati, Xalq harakati uchun ittifoq, „Kaledoniya birgalikda“ partiyasi, Mehnat partiyasi, „Kaledoniya uchun majlis“ kabi partiyalar faoliyat yuritadi.
Maʼmuriy-hududiy tuzilishiTahrirlash
Yangi Kaledoniya maʼmuriy jihatdan 3 ta provinsiya va 33 ta kommunaga boʻlinadi. Davlat provinsiyalarga, provinsiyalar kommunalarga ajratilgan.
Janubiy provinsiya (zargʻaldoq) | Shimoliy provinsiya (yashil) | Luayote orollari (sariq) |
1. Thio | 14. Poya | 31. Ouvéa |
2. Yaté | 15. Pouembout | 32. Lifou |
3. LʼÎle-des-Pins | 16. Koné | 33. Maré |
4. Le Mont-Dore | 17. Voh | |
5. Nouméa | 18. Kaala-Gomen | |
6. Dumbéa | 19. Koumac | |
7. Païta | 20. Poum | |
8. Bouloupari | 21. Belep-Inseln | |
9. La Foa | 22. Ouégoa | |
10. Sarraméa | 23. Pouébo | |
11. Farino | 24. Hienghène | |
12. Moindou | 25. Touho | |
13. Bourail | 26. Poindimié | |
14. Poya | 27. Ponérihouen | |
28. Houaïlou | ||
29. Kouaoua | ||
30. Canala |
AholisiTahrirlash
Yil | Aholi | ±% y.oʻ.s. |
---|---|---|
1956 | 68 480 | — |
1963 | 86 519 | +3.72% |
1969 | 100 579 | +2.60% |
1976 | 133 233 | +4.03% |
1983 | 145 368 | +1.26% |
1989 | 164 173 | +2.06% |
1996 | 196 836 | +2.61% |
2009 | 245 580 | +1.68% |
2014 | 268 767 | +1.79% |
2019 | 271 407 | +0.19% |
ISEE[5] |
Aholining etnik tarkibi: melanezlar (kanaklar) — 39,1 %, oq tanlilar (asosan, fransuzlar) — 27,2 %, arablar va osiyoliklar avlodlari — 21 %, uveanlar va futunanlar — 8,2 %, polinezlar — 2,1 %, indonezlar — 1,4 %, ni-vanuatular — 1 %, vyetnamlik va hindixitoyliklar — 0,9 % ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili. Shuningdek, bu yerlik aholi 33 melanez va polinez tillarida soʻzlashadi. Xristianlar — 90 %, musulmonlar — 5 %, qolganlar — 5 %.
Geografik joylashuvi va tabiatiTahrirlash
Shu nomdagi yirik orolda va Tinch okeani janubi-gʻarbiy qismidagi koʻplab mayda orollar guruhida joylashgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ „La Nouvelle-Calédonie se dote d'un hymne et d'une devise“ (fr) (18-avgust 2010-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2013-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „ISEE – Structure de la population et évolutions“.
- ↑ 3,0 3,1 „Evolution du PIB et du PIB par habitant“. Institut de la statistique et des études économiques (Isee). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
- ↑ „Rapport annuel 2010“. IEOM Nouvelle-Calédonie. Qaraldi: 30-yanvar 2013-yil.
- ↑ „The Population at Different Censuses“. isee.nc. 11-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.
HavolalarTahrirlash
Yangi Kaledoniya haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- Yangi Kaledoniya hukumati (frans.)
- Yangi Kaledoniya — rasmiy Fransiya hukumati sayti (ingl.)
- Yangi Kaledoniya: Turizm (ingl.)
- Yangi Kaledoniya Curlie katalogida
- Biodiversité Néo-Calédonienne
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |