Indonezlar
Indonezlar — Indoneziyaning aholisi; tili, madaniyati va turmushi jixatdan qardosh xalqlardan tashkil topgan. Mamlakat aholisining 96% ni indonez tili soʻzlashuvchilari tashkil qiladi. Dindorlari — asosan, musulmonlar. Keng maʼnoda "I." istilohi Indoneziyaning barcha fuqarolarini anglatadi. Mamlakatdagi xalqlarning umumiy soni — 230 mln.ga yaqin. Ular orasida yavanlar, sundanlar, madurlar, malayyalar, rejang-lamponglar, minangkabaular, bataklar, achinlar, ma-kassarlar, dayaklar va b. bor.
16-asr da I. Portugaliya mustamlaka zulmi ostiga tushib qolganlar, keyinchalik Gollandiyaga qaram boʻlganlar. 19-asr oxiri — 20-asr da hozirgi millatlar shakllana boshlangan. I. madaniyati rangbarangligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ham genetik, ham koʻp asrlik ichki va tashqi aloqalar natijasida koʻpgina umumiy xususiyatlarga ham ega. I.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Indoneziya maqolasiga qarang .[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |