Adriatika dengizi — Oʻrta dengizning bir qismi, yarim berk dengiz. Apennin va Bolqon yarim orol.lari oraligʻida. Jan.da Otranto boʻgʻozi orqali Ioniya dengizi bilan tutashgan. Maydoni 144 ming km². Oʻrtacha chuq. 200 m, eng chuqur yeri 1230 m. Sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Dal-matsiya orollari bor. temperaturasi suvning yuza qatlamida avgustda 24-26’, fevralda 7-13°. Shoʻrligi 35-38‰. Suv koʻtarilishi va qaytishi yarim sutkali (1,2 m). Baliq ovlanadi. Shelf qismidan neft va gaz qazib olinadi. Venesiya va Triyest qoʻltiqlari bor. Portlari: Triyest, Venesiya (Italiya), Split (Xorvatiya), Durres (Albaniya). Sharqiy sohilida kurortlar bor.

Adriatika dengizi

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil