Albaniya Respublikasi
Republika e Shqipërisë
Albaniya davlat bayrogʻi   Albaniya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Ti Shqipëri, më jep nder, më jep emrin Shqipëtar
Albaniya sen menga sharaf ber, sen menga Alban degan nom ber
Madhiya: Hymni i Flamurit
(Hymn to the Flag)
Albaniya xaritasi
Poytaxt Tirana
Rasmiy til(lar) Alban
Hukumat Parlamentlik Respublika
 • Prezident Ilir Meta
 • Bosh Vazir Edi Rama
Mustaqillik   Usmonlilar imperiyasidan
 • Sana 28-noyabr 1912
Maydon  
 • Butun 28,748 km² (138-)
 • Suv (%) 4,8
Aholi  
 • 2011 roʻyxat 2,831,741 (130- oʻrin)
 • Zichlik 126,6/km²
YIM (XQT) 2010- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$23,860 mil.[1] (115-)
 • Jon boshiga AQSh$8,000
Pul birligi Lek (ALL)
Vaqt Mintaqasi (UTC+1)
 • Yoz (DST) (UTC+2)
Qisqartma AL
Internet domen .al
Telefon prefiksi +355


Albaniya (Shqipëria), Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë) – Bolqon yarim orolining janubi-gʻarbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga boʻlingan[2]. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 2 831 741 kishi[3] (2011). Poytaxti Tirana shahri.

Davlat tuzumiTahrirlash

Albaniya – parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi – bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshligʻi – prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi – hukumat boshligʻi boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – tegishli xalq kengashlari[4].

TabiatiTahrirlash

Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy togʻlardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha boʻlgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular oʻrtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga boʻlinadi. Sohili past-baland dengiz boʻyi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temirnikel va mis ruda konlari bor.

Iqlimi – Oʻrta dengizga xos subtropik; iyulning oʻrtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Soy va daryolari togʻli, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari – Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa koʻllarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, togʻlarda qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar doimo koʻkarib turadi. Albaniyada 4 milliy bogʻ bor[5].

AholisiTahrirlash

Albaniyaning asosiy aholisi – albanlar (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – alban tili. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 87 kishi[6]. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari – Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan[3].

TarixiTahrirlash

Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395-yildan 1347-yilgacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qoʻl ostida boʻlgan. 1389-yildan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-asr oʻrtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qoʻzgʻoloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq 1479-yilda uni yana turklar bosib oldi. 1912-yil bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. Oʻsha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram boʻlib qoldi. 1924-yil iyunidagi xalq qoʻzgʻoloni Ahmad Zogu toʻdasini agʻdarib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, oʻzini avvaliga respublika prezidenti, 1928-yil esa qirol deb eʼlon qildi[7]. Uning davrida Albaniya amadda Italiya mustamlakasiga 299 aylandi. 1939-yilda fashistlar Italiyasi, 1943–44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944-yil 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. 1946-yil 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1976-yil 28-dekabrdan 1991-yil maygacha – Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi[8]. Albaniya 1955-yildan – BMT aʼzosi. Albaniya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda oʻrnatilgan. Milliy bayrami – 28-noyabr – Bayroq kuni (1912)[9].

Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalariTahrirlash

Albaniya sotsialistik partiyasi, 1941-yilda tuzilgan, 1948-yilgacha Albaniya Kompartiyasi, 1991-yilgacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hozirgi nomi 1991-yil 12-iyunda qabul qilingan; Albaniya demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Albaniya agrar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya respublikachilar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992-yil tuzilgan; Albaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Albaniya mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-yilda tuzilgan[10].

XoʻjaligiTahrirlash

Albaniya mustaqil boʻlgach, xoʻjalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46 % sanoatda, 33 % qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi.

SanoatiTahrirlash

Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yogʻochsozlik tarmoqlarining salmogʻi katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna – Gʻarbiy Yevropada l-oʻrin), temirnikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yogʻ-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda – asosan toʻqimachilik tarmogʻi mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yogʻochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder.

Qishloq xoʻjaligiTahrirlash

Asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sugʻoriladi. Makkajoʻxori va bugʻdoy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus oʻsimliklari oʻstirish rivojlangan. Chorvachiliqda qoʻychilik va echkichilik ustun.

TransportiTahrirlash

 
Bunker

Transportningasosiy turi – avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tash-kil etadi). Durres – Tirana, Durres – Elbasan va boshqa yoʻnalishdagi temir yoʻllar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti – Tirana (Rinas).

Tashqi savdosiTahrirlash

Chetga asosan, xromitlar, temirnikel, mis rudalari, neft, bitum, yogʻoch-taxta, charm, zaytun yogʻi, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, doridarmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: Italiya, Yunoniston, Turkiya, Olmoniya. Pul birligi – lek.

Tibbiy xizmatiTahrirlash

Albaniyada 10 mingdan ortiqoʻrinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor toʻgʻri keladi. Shifokorlarni Tirana universitetining tibbiyot fakulteti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.

Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalariTahrirlash

Xalq taʼlimi tizimi 1969-yilda joriy etilgan boʻlib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik oʻrta (hunar yoki umumiy) va 3–4 yillik oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi 1973-yil tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va bohsqalari bor[11].

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuviTahrirlash

Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942-yildan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943-yildan), „Kombi“ („Millat“, 1991-yildan), „Drita“ („Hyp“, 1960-yildan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, 1991-yildan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi 1944-yil tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish – 1944-yildan, telekoʻrsatuv – 1961-yildan ishlaydi.

AdabiyotiTahrirlash

Albaniyada boy xalq ijodiyoti – qahramonlik dostonlari, tarixiy qoʻshiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba – yepiskop Pal Engelaning „Choʻqintirish taomili“ (1462)dir. 16– 17-asrlarda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-asrda T. Kavaloti va Danel alban tili lugʻatini tuzdilar. 19-asrda bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uygʻonish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron boʻlib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari – shoirlardan I. De Rada („Milosao qoʻshigʻi“, „Shoʻrpeshona Skan-derbeg“ dostonlari), Kenja G. Dara („Balaning soʻnggi qoʻshigʻi“ dostoni). Z. Serembe („Taqdir“ dostoni), V. Shkodrani („O, mening Albaniyam“ dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo boʻla boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining „Poda va dala“ (1886), „Skanderbeg tarixi“ (1898) va boshqa dostonlari yuzaga keldi. 20-asr boshlaridagi shoirlar – A. Chayupi („Tomori ota“ toʻplami, 1902; „Oʻn toʻrt yoshli kuyov“ komediyasi, 1902), N. Meda („Quvgʻin“, „Bulbul nolasi“ dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri boʻldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli oʻz sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuygʻularini ulugʻladi („Salip Sulton qoʻshigʻi“, „Quvgʻin qurboni“, „Dragobiy gʻori“, „Yugur marafonchi“ va boshqalar). 20-asrning 30-yillarida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. Ikinchi jahon urushi davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan soʻng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning „Partizan Banko haqida qoʻshiq“ dostoni, D. Shuterichining „Haloskorlar“ romani, 1952–55). Turmushni ijtimoiy jihatdan oʻzgartirishga bagʻishlangan romanlar (S. Spassening „Ular yolgʻiz emas edi“, 1952; F. Gyataning „Botqoq“, 1959 va boshqalar) paydo boʻldi. 50–60-yillarda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.

MeʼmorligiTahrirlash

Antik davr (mil. av. 7-asr)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, oʻrta asrlardan Vizantiya inshootlari (13– 14-asrlarga mansub boʻlgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlogʻidagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-asr), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. Albaniya Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar – togʻlardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida oʻrta asrlar va 20-asr boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar koʻzga tashlanadi.

 
Uchlik bunker
 
yarim xaroba bunker

Tasviriy sanʼatiTahrirlash

Oʻrta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-asrning 50-yillarida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo boʻldi. Keyingi yillarda musavvirlik, grafika, haykaltaroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq 301 amaliy sanʼati (gilamdoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, oʻymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum.

MusiqasiTahrirlash

Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. Oʻzbek musiqasidagi kabi vazni oʻzgarib turadigan qoʻshiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qoʻshiqlar kamonli cholgʻular joʻrligida aytiladi. 20-asr 50-yillaridan professional musiqa sanʼati: opera (P. Yakovaning „Mrika“, 1954, „Skanderbeg“, 1968), balet (T. Dayyaning „Xalil va Xayriya“, 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor.

TeatriTahrirlash

1874-yilda Testorati boshchiligidagi teatr toʻgaragi dastlabki sahna asarini qoʻydi. 19-asr 2-yarmida S. Frasheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pesalarini havaskor teatr truppalari sahnalashtirdi. 1944-yil Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. Albaniya Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959).

KinosiTahrirlash

Albaniya kinematografiyasi ikkinchi jahon urushidan soʻng rivojlana boshladi[12]. 1952-yilda tashkil etilgan „Yangi Albaniya“ kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojurnallar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film – „Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg“ (1954). Keyinchalik „Tana“, „Yer alanga ichra“ va boshqa badiiy filmlar yaratildi.[13]

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash