Alban tili (albancha: Gjuha shqipe) — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tili da 3 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi, 2 katta dialektga boʻlinadi: shim. (geg), janubiy (tosk). 19-asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bulgʻor va rumin tillari oʻrtasida umumiy oʻxshashlik mavjud. Alban tili da lotin, yunon, janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosida.[1]