Albanlar (oʻzlarini shkiptar deb ataydilar) — Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 mln. (1992). Albaniyada 3,250 mln. kishi, Yugoslaviyada (1,985 mln. kishi), Ma-kedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gresiyada, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda yashaydi. Tili hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. A. kad. davrlarda Bolqon yarim orolning gʻarbiy qismida yashagan illiriy, qisman frakiylar avlodidir. „Albanlar“ et-nonimi dastlab mil. 2-asrga oid manbalarda tilga olinib, 11-asrdan hozirgi Al-baniyaning butun aholisiga nisbatan qoʻllanilgan. A. yevropeoid irqiga man-sub. A.ning koʻpchilik qismi islom dinini qabul qilgan, bir qismi pravoslav va katolik. Dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Sanoatda ham ishlaydilar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil