Bosh menuni ochish
Yava dengizi

Yava dengiziTinch okeanning gʻarbiy qismidagi dengiz, Sumatra, Yava va Kalimantan o.lari oraligʻida. Qirgʻoqlari baʼzi joylarda marjon riflari bilan oʻralgan. Mayd. 552 ming km². Eng chuqur joyi 1272 m. Suvining yuza qismidagi temperaturasi 27—28°. Shoʻrligi 31,5—34°/00. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 2 m gacha). Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Yirik portlari: Jakarta, Semarang, Banjarmasin.