Andaman dengizi – Hind okeanining shimoli-sharqiy qismida, Hindixitoy yarim orol sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar orollari ajratib turadi. Maydoni 600 ming km²dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yoʻnalishi musson sha-mollariga qarab oʻzgarib turadi. Suv yuzasidagi temperatura may oyida 29°, fevralda 26 – 28°. Shoʻrligi shimolida 20‰ dan, janubida 33‰ gacha. Bir yilda 3000 mmdan ortiq yogʻin yogʻadi. Eng yirik portlari – Yangon (Myanma), Jorjtaun (Malayziya).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil