Andaman va Nikobar orollari (hindcha: अंडमान और निकोबार द्वीप; inglizcha: Andaman and Nicobar Islands) — Hindistondagi ittifoqdosh hudud, 2 ta arxipelag (Andaman va Nikobar orollari)dan iborat. Bengaliya qoʻltigʻi bilan Andaman dengizi oraligʻida joylashgan. Maydoni 8,3 ming km². Aholisi 279 ming kishi (1991). Markazi — Port-Bler shahri Orollar suv osti togʻlarining choʻqqilari boʻlib, harakatdagi vulkanlar ham bor. Marjon riflari bilan oʻralgan. Balandligi 732 m gacha. Tropik musson oʻrmonlari bilan qoplangan. Aholisi yogʻoch kesish, tayyorlash, kokos palmasi oʻstirish, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]

Andaman va Nikobar orollari
hindcha: अंडमान और निकोबार द्वीप
inglizcha: Andaman and Nicobar Islands

Bayroq
Bayroq
Ittifoqdosh hudud
Maʼmuriy markazi Port-Bler
Yirik shahari Port-Bler
Gubernator Bxopinder Singx
Rasmiy tillar Hind tili
ingliz
Aholi (2011) 379 944
Zichligi 46,06 kishi./km²
Maydoni 8249 km² (1-oʻrin)
Kod ISO 3166-2 IN-AN
Rasmiy sayti http://www.and.nic.in/
Xaritada
Andaman va Nikobar orollari xaritada
11.68°0′0″N 92.77°0′0″E / 11.68000°N 92.77000°E / 11.68000; 92.77000

Manbalar

tahrir
  1. "Andaman va Nikobar orollari" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil