Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον — o'lchov) — SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.

Metr
m
1890-1960 yillarda foydalanilgan xalqaro metr etaloni
1890-1960 yillarda foydalanilgan xalqaro metr etaloni
Kattalik Uzunlik
Tizim SI
Turi asosiy
Metr Vikiomborda

Metr — 1) metrik oʻlchov tizimi va Xalqaro birliklar tizimi SI dagi uzunlik birligi. Qisqacha m bilan belgilanadi. 1 m = 0,469 sarjin = 1,406 arshin = 3,281 fu/i=10dm=100 sm=1000 mm; 2) metrik oʻlchov tizimida M. Parij meridiani uzunligi choragining oʻng milliondan bir qismi (10~7) ga, Xalqaro birliklar tizimida esa M. kripton -86 atomining 2r10 va 5d5 energetik sathlar orasidagi oʻtishga mos keladigan nurlanish vakuumidagi 1650763,73 toʻlqin uzunligiga teng uzunlik oʻlchovi.

METR (yun. metron — oʻlchov, metreo — oʻlchayman) — qoʻshma soʻzlar boʻlagi. Oʻlchov asboblari (mas, barometr, termometr) hamda metr tizimidagi uzunlik oʻlchovlari (mas, kilometr, santimetr) ni anglatadi. METR (musiqada) — ritmik tuzilmalarning hajmi va sifatini belgilovchi, kuchli va kucheiz (yoki uzun va qisqa) hissalarning muayyan tartib va oʻlchamlarda izchil almashinuviga asoslangan badiiy vaqt oʻlchovi. Kuchli va kucheiz hissalar munosabatlariga asoslangan M. tizimi nota yozuvida takt yordamida ifodalanadi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa merosi va kompozitorlar ijodida muttasil — bir xil va no-muttasil — turli taktli M. uchraydi. M. taktda hissalarning birikishiga koʻra, oddiy (2 yoki 3 hissali) va teng qismlardan tashkil topgan murakkab (4, 6, 9 yoki 12 hissali) turlarga boʻlinadi. Oddiylarida taktning birinchi , hissasi, murakkab M. larda esa har bir M. guruhining birinchi (koʻproq boshlangʻich) hissalari kuchli ifodalanadi. Bir taktda ikki va undan ortiq teng boʻlmagan guruxlardan tuziladigan aralash M. ham boʻladi (maye., 5, 7 hissali). Muayyan ritmik birliklar (chorak, yarim chorak, nimchorak notalar)dagi u yoki bu M. ifodasi takt oʻlcho-yei deb yuritiladi. Sharqxalqlari ogʻzaki anʼanadagi musiqada M. usul (oʻzbek, tojik, turk, uygʻurlarda), iyqo (arabcha), tala (hindcha) va boshqa shakllarda namoyon boʻladi. Ayrim musiqa janrlari uchun muayyan M.lar harakterli. Mas, vals 3 hissali, marsh 2 yoki 4 hissali. Maqom "as/otarida murakkab 2 hissali, talkin va boshqa qismlarida aralash hissali M.lar uchraydi.

Abdumannop Nazarov.[1]

Hosil bo'ladigan birliklar tahrir

Pikometr tahrir

Pikometr (belgilanishi: pm) — 10−12 metrga teng. Masalan: Gyeliy atomi radiusi 31 pm.

Nanometr tahrir

Nanometr (belgilanishi: nm) — 10−9 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliarddan bir qismi. Masalan: Qattiq jismlardagi atomlar orasidagi masofa nanonetrlarda o'lchanadi.

Mikrometr tahrir

Mikrometr (belgilanishi: µm) — 10−6 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliondan bir qismi. Masalan: Shudring tomchisi taxminan 10 µm ga teng.

Millimetr tahrir

Millimetr (belgilanishi: mm) — 10−3 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning mingdan bir qismi. Masalan: Muhandislik loyiha va inshootlarida, meteorologiyada va boshq.

Santimetr tahrir

Santimetr (belgilanishi: sm) — 10−2 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning yuzdan bir qismi.

Detsimetr tahrir

Detsimetr (belgilanishi: dm) — 10−1 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning o'ndan bir qismi.

Kilometr tahrir

Kilometr (belgilanishi: km) — 103 metrga teng. Masalan: Transportlarda odatda bosib o'tilgan masofa kilometrlarda o'lchanadi.

Tarixi tahrir

  • 1790 yil 8-may — fransuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1 metr — 1 soniyada 45° burchak ostida tebranayotgan yarim davrli mayatnik uzunligiga teng qilib olindi.
  • 1791 yil 30-mart — fransuz milliy qurultoyi, fransuz fanlar akademiyasi talabiga binoan, 1 metr — Parij meridianining 40 milliondan bir qismiga teng deb olindi.
  • 1795 yil — vaqtinchalik latundan metr etalonini yasalishi.
  • 1799 yil 10-dekabr — fransuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1799 yil 23-iyulda qayta yasalgan metr etaloni tugallangan nusxa hisoblanib davlat arxiviga joylashtirildi.
  • 1889 yil 28-sentabr — birincha xalqaro qurultoy (CGPM)
  • 1927 yil 6-oktabr — yettinchi xalqaro qurultoy (CGPM) Metr etalonining yanada aniqroq nusxasi. Bu etalonning ko'ndalang kesimi yuzasi «X» shaklida bo'lib, platina va iridiy qorishmasidan tayyorlangan.
  • 1960 yil 20-oktabr — 11-xalqaro qurultoy (CGPM): 1 metr — vakuumda nurlangan kripton-86 izotopi to'lqin uzunligining 1650763,73 ga ko'paytmasiga teng deb belgilandi.
  • 1983 yil 21-oktabr — 17-xalqaro qurultoy (CGPM):

Qiziqarli ma'lumotlar tahrir

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil