Kripton(Kr)
Atom raqami 36
Koʻrinishi Kripton undan elektr toki oʻtkazilganda shuʻlalanadi
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
83.8 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1350.0(13.99) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p6
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 112 pm
Ion radiusi n/a pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0.0
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 2
Termodinamik xossalari
Zichlik (-153 °C da)2.155 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.247 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.0095 Vt/(m·K)
Erish harorati 116.6 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 120.85 K
Qaynash issiqligi 9.05 kJ/mol
Molyar hajm 32.2 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
markazlashgan
Panjara davri 5.720 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
36
Kripton
83,798
3d104s24p6

Kripton (lotincha Krypton), Kr - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, atom massasi 83,80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta izotopdan tuzilgan; 78Kg (0,354% hajmiga nisbatan), 80Kg (2,27%), 82Kg (11,56%), 83Kg (11,55%), 84Kg (56,90%) va 86Kg (17,37%). Uran minerallaridan ajratib olingan Kriptonning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalanganda radioaktiv izotoplar, mas, 85Kg (T, =10,6 y, r-nurlanuvchi) ham hosil boʻladi. Oksidlanish darajasi +2, at. radiusi 0,198 nm, kovalent radiusi 0,109 nm. Kripton — bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 119,80 K; qattiq Kripton ning zichligi 3000 kg/sm³ (OK), suyuq Kripton niki 2412 kg/m³ (120 K), gaz holatdagi Kriptonniki 3745 kg/m³ (273 K, 0,1 MPa) Diamagnetik. Suv va organik moddalar bilan koʻshimchali birikmalar (klatratlar) hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdarda qoʻllaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar maʼlum.

Atmosferada hajmi jihatidan 1,1410~~4% Kripton boʻlib, uning atmosferadagi zahirasi 5,3-1012 ga teng. Tarkibida uran boʻlgan mineral gazlarda 2,5— 3,0% Kripton bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgʻilarida 0,04% gacha Kripton boʻladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton toʻgʻri keladi. Kripton ning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF", KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Choʻgʻlanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toʻldirishda qoʻllanadi. Kripton ning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qoʻllanadi.[1]

Kripton - unsurlar davriy jadvalining 36 unsuri, inert gaz.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil