Bengaliya qoʻltigʻi
(Bengal koʻrfazidan yoʻnaltirildi)
Bengaliya qoʻltigʻi — Hind okeanidagi qoʻltiq. Hindiston va Hindixitoy yarim orollari hamda Andaman, Nikobar orolari oʻrtasida. Maydoni 2191 ming km². Oʻrtacha chuq. 2586 m, eng chuqur joyi 4519 m. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 25 — 27°, avgustda 28°. Shoʻrligi 30‰, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan kamroq, janubida 34‰. Tez-tez tropik dovullar boʻlib turadi. Shim.da suv 11 m gacha koʻtariladi. Baliq, dengiz mollyuskalari va trepang ovlanadi. Asosiy portlari: Kalkutta — Gang daryosi deltasida, Madras (Hindiston), Chittagong (Bangladesh).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |