Andamanlar — Andaman o.larining (Hindiston) tub aholisi. 19-asr oʻrtalarida ularning soni 5 mingga yaqin edi. Mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Hozirda bir necha yuz kishi qolgan. A.ning bir qismi kelgindi xalqlar bilan aralashib, oʻzlarining et-nik va til xususiyatlarini yoʻqotganlar. Antropologik jihatdan A negroidlarga kiradi. A.ning boʻyi past (erkaklari 148 sm, ayollari 138 sm), sochlari jingalak, badanlari qora. A., asosan, ovchilik bilan shugʻullanadi, anʼanaviy ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil