Shimoliy dengiz
Shimoliy dengiz (inglizcha: North Sea, fransuzcha: Mer du Nord, nemischa: Nordsee , niderlandcha: Noordzee, norvegcha: Nordsjøen, dancha: Nordsøen или Vesterhavet) — Atlantika okeanining chekka dengizi, Yevropa (Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya) qirgʻoqlariga tutash, sharqda Skandinaviya va Yutlandiya yarim orollari, gʻarbda Buyuk Britaniya, Orkni va Shetlend o.lari bilan oʻralgan. Boltiq dengizi bilan Daniya boʻgʻozlari, Atlantika okeani bilan PadeKale va LaMansh boʻgʻozlari orqali bogʻlangan. Maydoni 565 ming km². Qirgʻoqlari shimoli-sharqida fordli, qolgan qismi past, baʼzan qumli. Aksari qismining chuq. 100 m dan ortiq, jan. qismida sayozliklar bor. Eng chuqur joyi 725 m. Eng yirik oroli — Gelgoland o. Shimoliy dengizga Elba, Vezer, Reyn, Temza daryolari quyiladi. Suvining temperaturasi fevralda 2 — 7°, avgustda 12—19°. Shoʻrligi 31—35%0. Dekabrdan mart oylarigacha qirgʻoklarga yaqin qismida muzlar suzib yuradi. Teztez tuman boʻladi. Suv koʻtarilishi (7,6 m gacha) har yarim sutkada takrorlanadi. Shamollar taʼsirida dengiz suv sathi 3 m va undan ortiq koʻtariladi va natijada Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya sohillarining ancha qismini suv bosadi. Organik dunyosi Shimoliy Atlantika zoogeografik oblastiga mansub. Shimoliy dengizda oʻsimliklarning 300 dan ortiq turi uchraydi, hayvonlarning 1500 dan ziyod turi yashaydi. Baliq (kambala, treska, piksha, sayra, skumbriya, seld va boshqalar) ovlanadi. Dengiz tubidan neft va tabiiy gaz olinadi. Shimoliy dengiz orqali Atlantika okeaniga muhim dengiz yoʻllari oʻtgan. Asosiy portlari: Rotterdam, Amsterdam (Niderlandiya), Antverpen (Belgiya), London, Immingem, Xall (Buyuk Britaniya), Gamburg, Bremen, Vilgelmsxafen (GFR), Gyoteborg (Shvetsiya), Oslo, Bergen (Norvegiya).
Shimoliy dengiz | |
---|---|
| |
Eng katta uzunligi | 960 |
Yuzasi | 750 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 95 m |
Eng katta chuqurligi | 725 m |
Suv hajmi | 94 000 km3 |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |