Duvr boʻgʻozi
(Pa-De-Kaledan yoʻnaltirildi)
Duvr boʻgʻozi (inglizcha: Strait of Dover) yoki Pa-de-kale (fransuzcha: Pas de Calais) — Buyuk Britaniya oroli bilan Yevropaning materik qismi (Fransiya qirgʻoklari) orasidagi boʻgʻoz, Shimoliy dengiz tomonidan La-Mansh boʻgʻoziga kiraverishda. Antropogen davrida quruqlikning choʻkishidan vujudga kelgan. Eng kambar joyi (Duvr bilan Kale shaharlari orasida) 32 km, eng chuqur joyi 64 m. Yirik portlari: Duvr, Kale, Dyunkerk. Duvr — Kale, Duvr—Dyunkerk, Duvr—Bulon oʻrtasida parom qatnaydi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |