Antverpen — Belgiyaning shimolidagi shahar; Antverpen provinsiyasining maʼmuriy markazi, kema qatnaydigan Shelda daryosi va Albert kanali boʻyida, Shimoliy dengiz qirgogʻidan 90 km ichkarida. Dunyodagi eng katta portlardan biri (yuk oboroti 80 mln. t.dan ziyod). Muhim savdo, moliya va sanoat markazi, 544aholisining soni jihatdan Bryusseldan keyin 2-oʻrinda. Aholisi 468 ming kishi (1991, shahar atrofi bilan 920 ming kishi). 16-asr 2-yarmida ahamiyati jihatidan Yev-ropada 1-oʻrindagi savdo va kredit mar-kazi boʻlgan. Xoʻjaligida tashqi savdo va moliya aloqalari katta rol oʻynaydi. A. xalqaro dengiz, havo va temir yoʻl aloqalari tuguni ichki suv yoʻllari orqali Kampin kumir xavzasi, Lej, Rent va Bryussel shaharlari bilan bogʻlangan. Rangli metal-lurgiya, mashinasozlik (jumladan, ke-masozlik), harbiy, kimyo (mineral oʻgʻit, boʻyoq), oziq-ovqat, toʻqimachilik (ayniqsa ipgazlama ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash sa-noati tarmoqlari rivojlangan. Olmosga sayqal berish va brilliant savdosining jahon markazi. Shaharda VII Olimpiada oʻyinlari oʻtgan (1920). A. yaqinida GES ishlab turipti. Universitet, konservatoriya, muzeylar (jumladan, Qirollik nafis sanʼat muzeyi, 1810-yil). P. P. Rubens Uy-muzeyi va boshqa bor. A. yilnomalarda dast-lab 7-asrdan tilga olingan. 14 — 18-asrlar meʼ-moriy yodgorliklari saqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil