Amsterdam
Amsterdam – Niderlandiya poytaxti. Amstel daryosining quyilish yerida joylashgan. A. mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga ko‘ra eng katta shahri, yirik dengiz porti (yuk oboroti 20 mln.t.dan ortiq). Aholisi 724 ming kishi (1994; shahar atrofi bilan 1 mln.dan ziyod). Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik temir yoʻl tuguni. Metropoliten qurilgan. A. „Shimoliy Venesiya“ degan nom bilan ham mashhur. Am-stel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga bo‘lib yuborgan. 400dan ortiq ko‘prik mavjud. Shaharning qadimgi uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275 yilda tilga olingan. 17-asrda savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga molik markazi bo‘lgan. 1795–1806 yillarda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti.Mashinasozlik (kemasozlik, samo-lyotsozlik, elektron asboblar), neftni qayta ishlash, poligrafiya, farmatsevti-ka, kimyo, oziq-ovqat, yog‘ochsozlik sano-ati korxonalari bor. Sanoatining ko‘p tarmoqlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. A. olmosga sayqal be-rish va olmos bilan savdo qilish sohasida yirik markaz sifatida qadimgidan mashhur. A.da Fapbiy Yevropaning eng muhim moliya va bank muassasalari joylashgan, mam-lakat madaniyati va fanining asosiy markazi. A.da IX Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgan (1928). 2 universitet, Fanlar Akademiyasi, bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, ko‘pdan-ko‘p tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, jumladan cherkov binolari (13–17-asrlar), o‘nlab muzey (Gollandiya tasviriy sanʼat maktabi asarlari to‘plangan Dav-lat rasmlar muzeyi, 1808), Rembrand uyi (1907 yildan muzey), Dengiz muzeyi, tarix muzeyi mashhur.
Amsterdam | |
---|---|
poytaxt | |
52°23′0″N 4°54′0″E / 52.38333°N 4.90000°EKoordinatalari: 52°23′0″N 4°54′0″E / 52.38333°N 4.90000°E | |
Mamlakat | Niderlandlar |
Mintaqa | Shimoliy Gollandiya |
Hukumat | |
• Burgomistr | Eberxard van der Lan |
Ilk eslatilishi | 1275 |
Maydon | 219,07 km2 |
Markazi balandligi | 4767 m |
Aholisi (2012) |
790 044 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +31 020 |
Pochta indeks(lar)i | 10xx10xx |
Avtomobil kodi | 01 – 09, (10, 30 – eskisi) |
GaleriyaTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |