Tesla, Inc. (avvalgi nomi Tesla Motors) — AQShning elektromobillar va elektr energiyasini saqlash texnologilarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[1][2][3][4]. Kompaniyaga 2003-yilda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan asos solingan lekin Teslaning hozirgi maʼmuriyati kompaniya asoschilari safiga Elon Musk, Jeffrey Brian Straubel va Ian Wrightni ham qoʻshishadi[5][6]. Kompaniya mashhur elektrotexnik Nikola Tesla sharafiga nomlangan. Tesla normanli mashina

Tesla
Tesla, Inc. - Logo (shield version 1, black).svg
Qachon asos solingan iyul 2003
Vebsayti tesla.com

Kompaniya aksiyalari 2021-yil 8 mart kuni boʻlib oʻtgan savdolar jarayonida yanvar oyida qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichning uchdan bir qismini yoʻqotdi. Kompaniyaning kapitallashuvi qariyb 300 milliard dollarga kamaydi. Yil boshida «Tesla»ning kapitallashuvi 850 milliard dollarga yaqinlashgandi[7]. 2021-yil 12-martda Fremont shahridagi Tesla zavodida yongʻin sodir boʻldi[8].

TarixiTahrirlash

Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi.

AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir boʻlgan, voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar jalb qilingan. Yongʻin shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan.[9]

Teslaning birinchi prototiplari 2006-yil 19-iyulda Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida rasman ommaga taqdim etildi.[10]

2006-yilda Mask 100 million dollar kapital jalb etishga muvaffaq boʻldi. Natijada, Tesla 2008-yilda oʻzining birinchi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.[11]

2010-yil yanvar oyida Tesla AQSh Energetika vazirligidan 465 million dollar kredit oldi, kompaniya uni 2013-yilda qaytarib berdi.[12]

2010-yilning may oyida Tesla Kaliforniyaning Fremont shahrida Model S ishlab chiqarish uchun fabrika qurishni boshladi.[13]

Tesla 2010-yil 29-iyun kuni NASDAQʼda aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) boshladi va 226 million dollar yigʻib, 1956-yildagi Ford Motorʼdan keyin IPOga chiqqan birinchi Amerika avtomobil kompaniyasi boʻldi.[14]

2012-yil iyun oyida Tesla ikkinchi avtomobili Model S ni ishlab chiqarishni boshladi. 2017-yil iyul oyida Tesla Model 3 sedanini sotishni boshladi.[15]

2019-yil 14 mart kuni Tesla Model Y yangi elektr avtomobili taqdim etildi.[16]

2020-yil noyabr oyida Tesla, Uber va yana 26 ta AQSh kompaniyalari AQShda elektromobillar sonini koʻpaytirish uchun lobbichilik qiladigan Zero Emission Transport Association (ZETA) tashkilotini tuzdilar.[17]

2021-yil 25-oktabrda kompaniya kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi.[18]

TaqiqTahrirlash

„Wall Streat Journal“ gazetasi oʻz manbalariga asoslanib, Xitoy hukumati Amerikaning „Tesla“ kompaniyasi elektromobillari milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin deb hisoblayotgani va shu bois harbiylar, strategik korxonalar xodimlari va davlat idoralari vakillariga ulardan foydalanishni taqiqlaganini aytgan. „Tesla“ avtomobillari egalariga strategik muhim korxonalar va davlat idoralari xodimlari yashaydigan uylar hududiga kirish taqiqlangan.

„China Development Forum“ (Xitoy taraqqiyot forumi)da videomuloqot orqali soʻzga chiqqan Mask kompaniya elektromobillari naqafat Xitoyda, balki dunyoning hech bir nuqtasida josuslik maqsadida ishlatilmasligini maʼlum qilgan:

Bizda har qanday maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashimiz kerakligini koʻrsatuvchi muhim sabablar bor. Shunday ekan, agar „Tesla“ Xitoyda yoki boshqa joylarda josuslik qilish uchun avtoulovlardan foydalanganida, allaqachon yopilgan boʻlardi[19].

Xitoyda „Tesla“ kompaniyasiga raqobatchi paydo boʻldi. Xitoyning elektromobillarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida „Volvo“ va „Lotus“ kompaniyalariga egalik qiluvchi „Geely“ kompaniyasi oʻzining „Zeekr“ brendi ostida elekromobillar ishlab chiqarishini maʼlum qildi. Xitoyda 2025-yilga qadar mamlakat bozorlarida sotiladigan avtomobillarning beshdan bir qismini elektomobillar tashkil etadi[20].

Texnik nosozlikTahrirlash

„Tesla“ kompaniyasi texnik nosozlik sabab yangi elektromobil uchun yuzlab xaridorlari hisob raqamlaridan ularning ruxsatisiz ikkinchi marotaba pul yechib oldi. Xaridorlar pullarini qaytarib olishga urinmoqda, ammo hozirgacha hech kim bunga erisha olmagan.

kompaniya qiymati 37 dan 71 ming dollargacha boʻlgan pullarni mijozlarning ruxsatisiz, shuningdek, birorta ogohlantirishlarsiz bank hisob raqamlaridan yechib olgan[21].

Aksiyalar narxining oshishiTahrirlash

«Tesla» elektromobillar yetkazib berish va ishlab chiqarish boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi. U oʻz mijozlariga chorak davomida 184,8 mingta elektromobil yetkazib bergan. «Tesla»ning aksiyalari NASDAQ birjasida 5-aprel kuni oʻtkazilgan dastlabki savdolarda 7,9 foizdan 714 dollar qogʻozga oʻsgan. Savdo boshlanishiga bir soat qolmasdan, qimmatli qogʻozlar 711,5 dollarni tashkil qilgan va avvalgi yopilish narxiga 7,5 foiz qoʻshilgan[22].

Yana q.Tahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Hirsch, Jerry. „Elon Musk: Model S not a car but a 'sophisticated computer on wheels'“. Los Angeles Times (19-mart 2015-yil). Qaraldi: 9-may 2015-yil.
  2. „Tesla delivers Model X electric SUV to take on luxury carmakers“. Reuters (30-sentabr 2015-yil). 29-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  3. „Tesla Motors - Premium Electric Vehicles“. Tesla Motors. Qaraldi: 12-aprel 2015-yil.
  4. Higgins, Tim. „Tesla Motors Closes SolarCity Acquisition“. Wall Street Journal (21-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 14-fevral 2017-yil.
  5. Burns, Matt „A Brief History of Tesla“ (en). TechCrunch (8-oktabr 2014-yil). — „"Тесла была создана в июле 2003 года не Илоном Маском, а Мартином Эберхардом и Марком Тарпеннингом. Именно они запустили компанию и развивали её до тех пор, пока в феврале 2004 года Илон Маск не инвестировал в неё 7,5 миллионов долларов."“. Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
  6. „Tesla Motors founders: Now there are five“. CNET (21-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 14-fevral 2017-yil.
  7. Andoza:Veb manbasi ba
  8. „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
  9. „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
  10. „Zero to 60 in 4 Seconds, Totally From Revving Batteries“. nytimes.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  11. „Electric Car Evolution“. cleantechnica.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  12. „Tesla gets loan approval from US Department of Energy“. tesla.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  13. „Idle Fremont Plant Gears Up for Tesla“. wsj.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  14. „Growth Of Tesla Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  15. „Everything you need to know about Tesla Model 3, which is starting production“. theverge.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  16. „Tesla unveils Model Y electric SUV with 300 miles range and 7-seats“. electrek.co. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  17. „Clean Transportation Leaders Launch Zero Emission Transportation Association“. prnewswire.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  18. „Tesla breaks $1tn valuation barrier after Hertz orders 100,000 vehicles“. theguardian.com. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  19. „Илон Маск «Tesla» автомобиллари жосуслик учун фойдаланилиши ҳақидаги хабарга муносабат билдирди“. Bugun.uz. 6-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 21 март. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-08-06).
  20. „Хитойда «Tesla» компаниясига рақобатчи пайдо бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 март.
  21. „«Tesla» 100 дан ошиқ харидорлар ҳисоб рақамларидан рухсатсиз пул ечиб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  22. „«Tesla» акциялари кескин кўтарилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.