2003
(2003-yildan yoʻnaltirildi)
2006 — „Obod mahalla yili“Yanvar. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida „Metallurg“ dam olish maskanining ochilish marosimi boʻldi.
- 7-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Obod mahalla yili“ dasturini qabul qildi.
- 14-mart — Toshkent shahrida dehqon va fermerlarning 2-Respublika qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- Mart — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida „Oʻzbekiston Qizil kitobi“ 2-jildining va Oʻzbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish milliy dasturining taqdimoti oʻtkazildi. Mart. Samarqand viloyatining Urgut shahrida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyat boshladi.
- 24-25-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unda ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslari belgilab berildi.
- Aprel — Toshkent shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida „Tinchlik qoʻngʻirogʻi“ majmuining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 4—5-may — Toshkentdagi „Turkiston“ saroyida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 12 yillik majlisi oʻtkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.
- 10-may — Taniqli oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat bogʻiga Gʻafur Gʻulom nomi berildi va bogʻda shoir haykali ochildi.
- 14-20-may — Xorazmda „Umid nihollari“ sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
- 5-11-iyun — Andijon viloyatida „Barkamol avlod — 2003“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
- Iyul — Namangan viloyatining Chust tumanida Oʻzbekiston—Shveysariya „Golden Frut“ qoʻshma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida AQSH—Oʻzbekiston „Kattaqoʻrgʻonmeva“ qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Iyul. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Kampirtepa qishlogʻida noyob xazina — qadimiy kitoblar topildi.
- Iyul — Toshkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi (FJAP) ga aʼzo boʻldi.
- Avgust — Namangan shahrida „Yoshlar“ sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
- Avgust — Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida yer qaʼridan tibbiyotda noyob, oʻta shifobaxsh hisoblangan radonli suv chiqdi.
- Avgust — Nukus shahrida xalq isteʼmoli mollari mintaqaviy markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 25-30-avgust — Samarqand shahrida „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi.
- 29-30-avgust — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
- 29-avgust — „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi.
- Avgust — Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida „Beshteks“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
- 12-sentyabr — Nukusda shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.
- Oktabr — Toshkentdagi „Osiyo Granit“ korxonasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Avstriya — Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- 15-noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasining taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning „XXI asr“ haftalik gazetasi taʼsis etildi.
- Noyabr — Termiz shahrida „Termiz—Xayraton“ koʻprigi oldida „Ayritom“ bojxona majmui ishga tushirildi.
- 27-noyabr — Buxoro shahrida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
- 3-dekabr — Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
- 3-dekabr — Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Voqealar
tahrir- 4-fevral — Yugoslaviya Ittifok Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya davlati tashkil topdi.
- 20-mart — AQSh va Buyuk Britaniya terroristik harakatlarga javob berish niqobi ostida mustaqil davlat — Iroqqa hujum boshladi. Urushda Iroq magʻlubiyatga uchrab, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazildi.
- 5-oktyabr — Ahmad Qodirov Checheniston Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- 30-oktyabr — Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasining rahbari etib tayinlandi.
- dekabr — Ozarbayjonda saylov boʻlib, prezident Geydar Alievning oʻgʻli Ilhom Aliev prezident etib saylandi.
- AQSh prezidenti Kichik Jorj Bush, Isroil premer-ministri Ariel Sharon va Falastin Muxtoriyati hukumati raisi Mahmud Abbos oʻzaro uchrashib, „yoʻl xaritasi“ toʻgrisida reja qabul qilishdi.
Vafot etgan
tahrirYana qarang: Turkum:2003-yilda vafot etganlar
- 6-yanvar — Oleg Makarov, rus kosmonavti.
- 26-yanvar — Valeriy Brumel, sovet atleti.
- 28-may — Ilya Prigogine, Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati.
- 10-mart — Marina Ladynina, sovet aktrisasi
- 3-iyul — Yuriy Shchekochixin, rus jurnalisti, Duma deputati
- 4-avgust — Surojskiy Antoniysi, Xristianlik ruhoniy, faylasuf, vaʼzchi
- 5-sentyabr — Kir Bulychov, sovetlik fan-fantast yozuvchi
- 8-sentyabr — Leni Rifenshtal, olmon kinorejissyori
- 26-oktyabr — Elem Klimov, rus kinorejissyori
- 26-oktyabr — Leonid Filatov, aktyor, rejissyor, shoir.
- 2-noyabr — Lev Gorlitskiy, sovet ixtirochi
- 3-noyabr — Rasul Hamzatov, avar shoiri.
Nobel mukofoti laureatlari
tahrir- Fizika — Aleksey Alekseyevich Abrikosov, Vitaliy Lazarevich Ginzburg va Antony James Leggett
- Kimyo — Peter Agre va Roderick MacKinnon
- Fiziologiya va tibbiyot — Paul Lauterbur va Peter Mansfield
- Iqtisodiyot — Robert Engle va Llive Granger
- Adabiyot — John Makswell Koetzee
- Tinchlik — Shirin Ebadi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |