"Amir Temur" ordeni — Oʻzbekistonning davlat mukofotlaridan biri. 1996-yil 26-aprelda taʼsis etilgan.[1]

Amir Temur ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taqdirlash asosi davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, meʼmorchilikni, ilm-fan, adabiyot va sanʼatni, shu jumladan, harbiy mahoratni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissalari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Birinchi taqdirlash 1996
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Jaloliddin Manguberdi ordeni

Nizomi tahrir

Bu orden bilan davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, meʼmorchilikni, ilm-fan, adabiyot va sanʼatni, shu jumladan, harbiy mahoratni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissalari uchun OʻzR fuqarolari mukofotlanadilar. Ushbu orden bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qoʻshganlik uchun OʻzR fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden koʻkrakning oʻng tomoniga „Mustaqillik“ ordenidan keyin taqiladi. „Amir Temur“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul toʻlovi mukofotlanganning oilasiga topshiriladi. Ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yetmish karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.[2]

Tavsifi tahrir

„Amir Temur“ ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va ikki yon bagʻridan nurlar taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida boʻladi. Musammanning burchaklari orasida yashil rang emal qoplangan taram-taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri — 52 millimetr. Ordenning markazida ot mingan Amir Temurning qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Otliq ortidagi rangli emaldan ishlangan manzara moviy rangda. Otliq qiyofasini oʻrab turgan aylananing yuqorisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi — yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan maydonning diametri — 10,5 millimetr. Yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo boʻlgan maydonlarining diametrlari tegishlicha — 5,0 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing yuqori qismida oq rangli emal manzarada AMIR TEMUR yozuvi bitilgan boʻlib, u yoqutrang emal bilan qoplangan. Harflarning balandligi — 2,5 millimetr. Aylana boshdan oxirigacha marjonli naqshlar bilan oʻralgan. Aylananing diametri — 36 millimetr, qalinligi — 6 millimetr. Aylananing pastki qismida oq rangli emal manzarada moviy emaldan ishlangan KUCH — ADOLATDA soʻzlari bitilgan. Harflarning balandligi — 3 millimetr. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikdagi qizil emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan oʻralgan. Aylanalarning yuqori va pastki qismlari diametri 2,7 millimetrli ikkita yoqut tosh bilan ajratilgan. Ordenning orqa tomoni botiq boʻlib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor. Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Ordenning qalinligi — 8 millimetr. Ordenning ogʻirligi — 60,5 gramm.

Taqdirlanganlar tahrir

Manbalar tahrir