Solijon Shakirovich Sharipov — uchuvchi va fazogir. Birinchi qirgʻizistonlik oʻzbek fazogiri. U 1981-yilda Uzgan shahridagi oʻrta maktabni tugatgach Andijon shahridagi PTUda oʻqishni boshlagan. 1987-yili Solijon Sharipov Ukrainaning Harkov shahridagi aviatsiya maktabini tugatgan. 1992-yilning 24-aprel kuni kosmonavtlar otryadiga qabul qilingan. 1998-yilning 23-yanvarida Amerikaning („Space shuttle endeavor“) kosmik kemasida fazoga uchgan. Shu yilning 31-yanvar kuni 9 sutkadan soʻng, muvaffaqiyatli tarzda yerga qoʻngan. 2004-yilning 14-oktabrida Solijon Sharipov „MKS bortinjineri“ va „Soyuz TMA 5“ kosmik kemasida komandir sifatida ikkinchi marta orbitaga uchgan. U bilan birga Rus kosmonavti Yuriy Shargin va NASA astronauti Leroy Chiao boʻlgan. 192 sutka mobaynida Solijon Sharipov ikki bor ochiq koinotga chiqqan. Umumiy vaqti 10 soat. 2005-yilning 25-aprel kuni ular muvaffaqiyatli ravishda yerga qoʻnishgan. Solijon Sharipov Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalarining xalq qahramoni hisoblanadi. U bugungi kunda Rossianing qurolli kuchlari safida polkovnik unvoniga ega. Rossiyaning (zolotaya zvezda) Qirgʻizston respublikasining (Akshumkar) ordeni va Oʻzbekiston Respublikasining (Amir Temur, Buyuk xizmatlari uchun) kabi medallar bilan taqdirlangan. Undan tashqari Solijon Sharipov Rossiyaning Qurolli Kuchlari va NASAning (space flight medal) ordenlariga ham loyiq deb topilgan.

Rossiya Federatsiyasi (RF) kosmonavt-uchuvchisi (1998), Amerika astronavti (1998), millati oʻzbek. Xarkov nomidagi oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar bilim yurtini tamomlagan (1987). Tovushdan tezligidan yuqori tezlikdagi samolyotlarni boshqargan (Jami 950 soat uchgan). 1990-yildan Rossiya Federatsiyasi Kosmonavtlar tayyorlash markazining kosmonavtlar otryadida faoliyat olib borgan. „Mir“ orbital kemasida parvoz qilish dasturi boʻyicha kosmonavtlar guruhi tarkibida tayyorgarlik koʻrgan (1992-97), „Mir“ (EO27, EO28), „Soyuz TM29“, „Soyuz TM30“ kosmik kemalarining dublyor ekipaji tarkibida boʻlgan (1998—2000), Jonson nomidagi kosmik markazda (AQSH) STS89 ekipaji tarkibidagi tayyorgarliklardan oʻtgan (1997-98). 1998-yil 1-fevralda AQShning „Endevor“ (STS89) kosmik kemasida parvoz qilgan (6 ta Amerika fazogiri bilan birga, AQSH, Florida shtati, Kanaveral kosmodromi). Bu kema Rossiyaning „Mir“ orbital kemasiga tutashtirilgan va rus kosmonavtlari A. Solovyev va P. Vinogradov, amerika astronavti D. Vulf bilan birga Sharipov ham „Mir“ bortida ishlagan. 2004-yil oktabr oyida Rossiyaning maxsus kosmik kemasida 10-xalqaro kosmik ekipaj aʼzolari — Amerika astronavti Leroy Chiao va rus kosmonavta Yuriy Shargin bilan birga Boyqoʻngʻir kosmodromidan (Qozogʻiston) ochiq koinotga parvoz qilgan. Bu kosmik kema kosmosga avval uchirilgan Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga tutashtiriladi va Leroy Chiao, Yu. Shargin va S. Sharipov uzoq muddat ishlash uchun Xalqaro kosmik stansiyaga oʻtishadi. Bundan keyin, Xalqaro kosmik stansiyadagi oldingi ekipaj yerga qaytib tushadi. Sharipov koʻrsatgan samarali mehnatlari uchun Qirgʻiziston Respublikasi Qahramoni (1998), Oʻzbekiston Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (1998)[1].


Shaxsiy hayot

tahrir

Sharipov Qirgʻiziston Respublikasining birinchi kosmonavti, kelib chiqishi oʻzbek millatiga borib taqaladi. Nadejda Mavlyanovna Sharipova bilan turmush qurgan. Ularning bir qizi, 1988 yilda tugʻilgan Sharipova Nigara Salijanovna va bir oʻgʻli, 1992 yilda tugʻilgan Sharipov Jaxongir Salijanovich bor. Sharipov futbolni va kitobxonlikni yaxshi koʻradi. Hozirgi kunda Solijon Sharipov O‘zgan shahrida istiqomat qiladi.

Taʼlim

tahrir

Sharipov 1987-yilda Sovet Harbiy-havo kuchlarining uchuvchilar maktabini tamomlagan. 1994-yilda Moskva davlat universitetining kartografiya fakultetini bitirgan.

Mukofot va unvonlar

tahrir

Rossiya Federatsiyasining uchuvchi-kosmonavti (1988), Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni (Qirg‘iziston Respublikasining Batriy) (1998). U Qirgʻiziston Respublikasi Qahramoni Oltin Yulduzli medali (Oq Shumkar medali, 1998), Rossiya Federatsiyasi Harbiy-havo kuchlari medallari va NASA kosmik parvoz medali (1998) bilan taqdirlangan 2005 yil 20 aprelda Qirgʻiziston Respublikasi Salijon Sharipov tasviri tushirilgan pochta markasini muomalaga chiqardi.

Tajriba

tahrir

Sharipov 1987 yilda Harbiy havo kuchlari uchuvchilar maktabini tamomlagach, uchuvchi-instruktor bo‘lib ishlagan va sakkiz nafar talabaga dars bergan. U 950 soatdan ortiq parvoz vaqtini qayd etgan. MiG-21 va L-39 samolyotlarida uchish tajribasiga ham ega.


Kosmonavtika sohasidagi ish faoliyati

tahrir

Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazi (GKTM) tomonidan tanlangan Sharipov 1990 — yilda kosmonavt-nomzod bo‘ldi. 1992-yilda u umumiy kosmik tayyorgarlikni tugatadi va 1992 yil 11 martda sinov kosmonavti bo‘ladi. Guruh aʼzosi sifatida to‘liq tayyorgarlik kursini tamomlaydi. Ekipaj komandiri sifatida „Mir“ nomli kosmik parvozlarda qatnashadi. 1997-yil avgustdan 1998-yil yanvariga qadar Jonson kosmik markazida STS-89 ekipaji aʼzosi sifatida tayyorgarlikdan oʻtadi.


STS-89

tahrir

Sharipov STS-89 (1998 yil 22-31 yanvar) ekipajida missiya boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlagan, sakkizinchi Shuttle-Mir oʻrnatish missiyasi davomida ekipaj 8000 funtdan ortiq ilmiy asbob-uskunalar, logistika vositalari va suvni Space Shuttle Endeavour kompaniyasiga oʻtkazgan. AQSh astronavtining beshinchi va oxirgi almashinuvida STS-89 Endi Tomasni Mirga yetkazdi va Devid Vulf bilan qaytib keladi. Missiya davomiyligi 8 kun 19 soat 47 soniya boʻlib, Yerning 138 ta orbitasida 3,6 million mil yoʻl bosib oʻtadi.

Biografiyasi

tahrir

Oʻsh (viloyat)ning Oʻzgan shahrida tavalud topgan, millati — oʻzbek.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil