Bazaviy hisoblash miqdori (2019-yilgacha — Ish haqi minimumi, eng kam ish haqi) — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Oylik ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng quyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumim. Har doim ham tirikchilik minimumiga bogliq boʻlmay, muayyan davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumim. Jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi konvensiya va Minimal ish haqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi konvensiya talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida Ish haqi minimumi miqdorni indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab joriy qilingan[1].

Oʻzbekiston Respublikasida shu vaqtgacha boʻlgan davrda eng kam ish haqi oʻsib borishi shkalasi
Sana Miqdor
16.03.1992 550 rubl
01.07.1992 1 000 rub.
01.09.1992 1 250 rub.
01.10.1992 2 000 rub.
01.01.1993 2 500 rub.
01.04.1993 3 000 rub.
01.06.1993 7 500 rub.
01.09.1993 13 500 soʻm-kupon
01.11.1993 16200 soʻm-kupon
01.12.1993 24300 soʻm-kupon
01.01.1994 30000 soʻm-kupon
01.03.1994 45000 soʻm-kupon
01.06.1994 70000 soʻm-kupon
01.08.1994 100 soʻm.
01.03.1995 150 soʻm.
01.09.1995 250 soʻm.
01.04.1996 400 soʻm.
01.09.1996 550 soʻm.
01.12.1996 600 soʻm.
01.07.1997 750 soʻm.
01.07.1998 1100 soʻm.
01.01.1999 1320 soʻm.
01.08.1999 1750 soʻm.
01.08.2000 2450 soʻm.
01.08.2001 3430 soʻm.
01.04.2002 3 945 soʻm.
01.08.2002 4535 soʻm.
01.05.2003 5440 soʻm.
01.08.2004 6530 soʻm.
01.05.2005 7835 soʻm.
01.10.2005 9400 soʻm.
01.07.2006 10800 soʻm.
01.11.2006 12420 soʻm.
01.08.2007 15525 soʻm.
16.11.2007 18630 soʻm.
01.04.2008 20865 soʻm.
01.09.2008 25040 soʻm.
16.11.2008 28040 soʻm.
01.08.2009 33645 soʻm.
01.12.2009 37680 soʻm.
01.08.2010 45215 soʻm.
01.12.2010 49735 soʻm.
01.08.2011 57200 soʻm.
01.12.2011 62920 soʻm.
01.12.2012 79590 soʻm.
15.08.2013 91530 soʻm.
15.12.2013 96105 soʻm.
01.09.2014 107635 soʻm.
15.12.2014 118400 soʻm.
01.09.2015 130240 soʻm.
01.10.2016 149775 soʻm.
01.12.2017 172240 soʻm.
15.07.2018 184300 soʻm.
01.11.2018 202730 soʻm.
01.09.2019 223000 soʻm
01.02.2021 245000 soʻm
01.09.2021 270000 soʻm
01.06.2022 300000 soʻm
01.04.2023 330000 soʻm [2]
01.12.2023 340000 so'm

Manbalar

tahrir