Soʻm
Soʻm Soʻm | |
---|---|
ISO 4217: | UZS |
Davlat nomi: | Oʻzbekiston |
Simvol: |
Soʻm — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 S. q 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. S. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (qarang Tanga). Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.[1] 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. 2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3]. 2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi[4]. 2021-yil 14-iyundan 2000 va 20000 soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarildi[5]
TangalarTahrirlash
1994-2000Tahrirlash
Tasvir | Qiymati | Tarkibi | Diametri (mm) |
Qalinligi (mm) |
Ogʻirligi (g) |
Yoni | Chiqqan yil(lar)i |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 tiyin | poʻlat, latun |
17 | 1,2 | 1,74 | tekis | 1994 | |
3 tiyin | 20 | 1,3 | 2,7 | qirrali | 1994 | ||
5 tiyin | 21,5 | 1,4 | 3,4 | 1994 | |||
10 tiyin | poʻlat, nikel |
18,8 | 1,5 | 2,87 | 1994 | ||
20 tiyin | 22 | 1,6 | 4 | tekis Yigirma tiyin deb yozilgan |
1994 | ||
50 tiyin | 23,9 | 1,6 | 4,75 | tekis Ellik tiyin deb yozilgan |
1994 | ||
1 soʻm | 19,80 | 1,3 | 2,27 | tekis | 1997, 1998, 1999 | ||
5 soʻm | 22,20 | 1,6 | 4,00 | 1997, 1998, 1999 | |||
10 soʻm | 24,10 | 1,6 | 4,75 | 1997, 1998, 1999 2000 |
2000-2004Tahrirlash
2001-yilgi 50 soʻm va 2004-yilgi 100 soʻmlik tangalar maʼlum sanalarga atab chiqarilgan boʻlsada (mustaqillikning 10 yilligi, milliy valyutaning 10 yilligi), Markaziy bank tomonidan esdalik tangalar qatoriga kiritilmagan. 2001—2004-yillarda zarb qiligan 50 va 100 soʻmlik tangalar 2019-yil 1-iyuldan 1, 5 va 10 soʻm qiymatiga ega boʻlgan tangalar 2020-yil 1-martdan muomaladan chiqarilgan.
Tasvir | Qiymati (soʻm) |
Tarkibi | Diametr (mm) |
Qalinligi (mm) |
Ogʻirligi (g) |
Yoni | Chiqqan yillari |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | poʻlat, nikel |
19 | 1,3 | 2,7 | qirrali | 2000 | |
5 | poʻlat, latun |
21 | 1,4 | 3,44 | tekis | 2001 | |
10 | poʻlat, nikel |
19 | 1,3 | 2,85 | |||
50 | poʻlat, Cu/Ni |
26 | 2,2 | 8 | qisman qirrali | ||
100 | 27,1 | 1,8 | 8 | tekis Oʻzbekiston markaziy banki deb yozilgan |
2004 |
3-chiqarilishi (2018-yil)Tahrirlash
2018-yil 2-iyuldan muomalaga kiritilgan.
Tasvir | Qiymati (soʻm) |
Tarkibi | Diametri (mm) |
Qalinligi (mm) |
Ogʻirligi (g) |
Yoni | Chiqqan yillari |
---|---|---|---|---|---|---|---|
50 | poʻlat, nikel |
18 | 1 | 2 | tekis | 2018 | |
100 | 20 | 1 | 2,5 | 2018 | |||
200 | 22 | 1,1 | 3,3 | 2018 | |||
500 | 24 | 1,1 | 3,9 | 2018 |
Esdalik tangalarTahrirlash
Esdalik tangalari Markaziy bank tomonidan 1994-yildan beri zarb qilinadi. Tangalar qimmatli metallardan (10, 50 va 100 soʻmli), oddiy metallardan (25, 50, 100 va 500 soʻmli) va oltin qoplamali oddiy metallardan (1 va 10 soʻmli) zarb qilingan.
BanknotlarTahrirlash
1992-1994Tahrirlash
Barcha kupyuralarning old tomonida Oʻzbekiston gerbi, orqa tomonida Samarqand Registon maydonidagi Sherdor madrasasi tasviri tushirilgan Banknot raqamlari AB 12345678 (1—500 soʻmlar) yoki AB 1234567 (500—10 000 soʻmlar), banknotning old tomonida Oʻzbekiston gerbining ostida joylashgan. 1993-yil 15-noyabrda muomalaga kiritilgan, 1994-yil 1-avgustda muomaladan chiqarilgan. Bu seriyadagi banknotlar Angliyada „Harrison & Sons Ltd“ bosmaxonasida chop etilgan.
1994-1999Tahrirlash
Tasvir | Qiymat, soʻm | Oʻlcham, mm | Asosiy ranglari | Ort tomonidagi tasvir | Chiqarilgan sana | |
---|---|---|---|---|---|---|
Old tomoni | Ort tomoni | |||||
pushti |
||||||
yashil |
||||||
qizil |
||||||
koʻk |
||||||
zargʻaldoq |
||||||
zargʻaldoq |
||||||
Rasm masshtabi — 1,0 millimetrga 1,0 piksel |
2001-2019Tahrirlash
Tasvir | Qiymat, soʻm | Oʻlcham, mm | Asosiy ranglari | Ort tomonidagi tasvir | Chiqarilgan sana | |
---|---|---|---|---|---|---|
Old tomoni | Ort tomoni | |||||
jigarrang |
||||||
jigarrang[3] |
||||||
2021-yildanTahrirlash
Tasvir | Qiymat, soʻm | Oʻlcham, mm | Asosiy ranglari | Ort tomonidagi tasvir | Chiqarilgan sana | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Old tomoni | Ort tomoni | ||||||
50 000 | binafsha,ko'k,sariq | Hakim at-Termiziy majmuasi[7] Fayoztepa |
|||||
100 000 | 152×69 | yorug'-jigarrang,limon,pushti | Ichan qalʼa, Anqa qal'a |
|}
ManbalarTahrirlash
- ↑ Fayzulla Mullajonov. OʻzME. Toshkent
- ↑ „Ижтимоий тармоқларда беш минг сўмлик банкнотанинг суратлари пайдо бўлди“, kun.uz (21-iyun 2013-yil). 24-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlarini muomalaga chiqarish to'g'risida“ . Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (27-iyun 2013-yil). 11-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyun 2013-yil. Arxivlandi 2013-08-11 Wayback Machine saytida.
- ↑ Oʻzbekistonda 10000 soʻmlik muomalaga chiqarilishi kutilmoqda
- ↑ https://m.kun.uz/news/2021/06/04/2000-va-20-000-somlik-yangi-kupyuralar-14-iyundan-muomalaga-chiqariladi
- ↑ Bugun.uz. „Марказий банк 2000 ва 20 000 сўмлик банкнотларнинг суратини эълон қилди“ . https://bugun.uz/. Qaraldi: 2021 йил 4 июнь.
- ↑ ЦБ признал ошибку на новой 50-тысячной банкноте
- ↑ Сообщение Центрального банка Республики Узбекистан
HavolalarTahrirlash
- OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI Arxivlandi 2009-06-03 Wayback Machine saytida.
- Moneti stran SNG i Baltii
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |