Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi[1]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatning o‘n olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko‘ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Senat vakolat muddati — besh yil.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Turi qonun chiqaruvchi hokimiyat
Maqomi oliy davlat vakillik organi
Masqadi Qonun chiqarish
Ishga tushgan sanasi 2002-yil 20-yanvar
Joylashuvi Mustaqillik maydoni, 6 Toshkent shahri, O'zbekiston Respublikasi
Hududiy hizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rais Tanzila Norboyeva
Bosh mahkamasi Kengash
Aʼzolari 100 nafar aʼzodan iborat
Vebsayti senat.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus

VakolatlariTahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida vakolatlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash;
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
  12. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
  13. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

TuzilmasiTahrirlash

Senat KengashiTahrirlash

Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat Kengashi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organdir. Uning tarkibiga Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari va qo‘mitalarning raislari kiradi. Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi. Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat Kengashi:

  • Senat majlisi kun tartibining loyihasini shakllantiradi;
  • Senat majlislarini chaqiradi;
  • qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
  • qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
  • fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boshlanishidan kamida ikki oy avval saylov o‘tkaziladigan muddatlarni belgilaydi;
  • fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari hamda tartibini belgilaydi;
  • fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha byulletenlar namunalari hamda shakllarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining taqdimiga binoan qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarmasi a’zolarini tasdiqlaydi;
  • Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qiladi.[2]

Qoʻmitalari va uning raislariTahrirlash

  1. Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (Alimov Ravshanbek Azadbekovich) [3]
  2. Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (Gadoyev Erkin Fayziyevich)
  3. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Matmuratov Batir Djoldasovich)
  4. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (Burxanov Kutbidin Nukritdinovich)
  5. Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi
  6. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi (Eshmatova Feruza Farxodovna)[4]
  7. Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (Sayfullayev Baxtiyor)
  8. Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (Tajiyev Baxadir Sadullayevich)

Senat komissiyalariTahrirlash

Senat Komissiyalari Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganda esa komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan so‘ng, qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalarni tashkil yetish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

  1. Reglament va odob komissiyasi[5]
  2. Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi

DevoniTahrirlash

  1. Tashkiliy — nazorat boʻlimi
  2. Yuridik boshqarma
  3. Axborot-tahlil boshqarmasi
  4. Mahaliy ijro etuvchi xokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish boʻlimi
  5. Xalqaro aloqalar boʻlimi
  6. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi
  7. Jamoatchilik bilan aloqalar va tahrir boʻlimi
  8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi
  9. Moddiy-texnika va taʼminot boʻlimi
  10. Moliya, hisob va hisobot boʻlimi[6]

SenatorlarTahrirlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi senator hisoblanadi.

Senator o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi. Senator Senatning vakolatlari muddatiga saylanadi (tayinlanadi).

Senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

  • u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
  • u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
  • u qonunga ko‘ra senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
  • unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
  • u chaqirib olingan taqdirda;
  • sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
  • u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
  • u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
  • u vafot etgan taqdirda;
  • palata tarqatib yuborilgan taqdirda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining senator etib saylangan deputati vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi uning senatorlik vakolatlari tugatilishiga olib keladi. Alohida hollarda Senatorning vakolatlari tegishincha Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Senatorning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.

Senatorning huquqlari:

Senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.

Senator:

  • palataning organlariga saylash va saylanishga;
  • palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
  • palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
  • qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
  • palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
  • munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
  • so‘rov bilan murojaat etishga;
  • o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
  • palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
  • palata tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu haqda tegishincha Senat Raisiga yozma ravishda ma’lum qilishga;
  • palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek palata qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
  • palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
  • fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.

Senator qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Senatorning majburiyatlari:

  • Senator tegishincha Senatning majlislarida, shuningdek palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
  • Senat, qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha Senat Raisiga, qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart. [7]

RaislariTahrirlash

ManbalarTahrirlash