Tanzila Norboyeva

oʻzbek davlat va jamoat arbobi

Norboyeva Tanzila Kamolovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezidenti (2011-yildan)[1][2][3][4].

Tanzila Kamalovna Narbayeva
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi
 
Mansab davri
2019-yil 21-iyun
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
 Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
 
Mansab davri
2016-yil 20-dekabrdan – 2019-yil 21-iyungacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Elmira Bositxonova
Vorisi Elmira Bositxonova
 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi
 
Mansab davri
2010-yil 21-iyundan – 2016-yil 20-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qodir Parpiyev
Vorisi Qudratilla Rafiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-iyul 1957-yil (1957-07-24) (66 yosh)
Shahrixon tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR
Alma mater Oʻzbekiston milliy universiteti
Faoliyati Senat raisi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Pedagogika fanlari nomzodi
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Tanzila Norboyeva haqida sahifa mavjud.

Biografiyasi tahrir

1957-yil 24-iyulda Аndijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, 1981-yilda Toshkent universitetini bitirgan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Ish faoliyatini 1974-yilda Аndijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan.

1975—1995-yillarda Toshkent shahrida maktab oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari va Toshkent shahar oʻquvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

1995—2010-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2010—2016-yillari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.

2016—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2019-yil 20-iyunda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatining aʼzosi etib tayinlandi. 21-iyun kuni Senat raisi etib saylandi[5].

Fidokorona xizmatlari uchun, Mehnat shuhrati ordenlari va Shuhrat medali bilan bilan taqdirlangan[6].

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Manbalar tahrir

  1. Sport federatsiyalari, 2020-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
  2. federatsiya velosporta uzbekistana, 2021-02-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
  3. Rahbariyat / Xotin-qizlar qoʻmitasi, 2019-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
  4. „Senat raisi“. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  5. Senatda yangi qoʻmita
  6. PF-4237-son 25.08.2010. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida