Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonning Respublikasining ikkinchi prezidenti.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (tugʻ. 24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Prezidenti (2016-yil 14-dekabrdan), 2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti. 2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi[1].
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich | |||
![]() | |||
![]() | |||
| |||
---|---|---|---|
2016-yil 14-dekabrdan | |||
Hukumat boshlig‘i: | Abdulla Aripov | ||
Oʻtmishdoshi: | Islom Karimov Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.) uning oʻzi v.b. | ||
| |||
2003-yil 12-dekabrdan — 2016-yil 14-dekabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Oʻtkir Sultonov | ||
Vorisi: | Abdulla Aripov | ||
| |||
2001-yil 11-sentabrdan — 2003-yil 11-dekabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Erkin Roʻziyev | ||
Vorisi: | Rustam Xolmurodov | ||
| |||
1996-yil 11-sentabrdan — 2001-yil 11-sentabrgacha | |||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Alisher Toshkenboyev | ||
Vorisi: | Ubaydulla Yamanqulov | ||
Fuqaroligi: | ![]() | ||
Tavalludi: | 24-iyul 1957-yil (63 yosh) Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR | ||
Partiyasi: | Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi | ||
Maʼlumoti: | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti | ||
Ilmiy unvoni: | texnika fanlari nomzodi | ||
Mukofotlari: | |||
BiografiyasiTahrirlash
- Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
- 1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
- 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
- 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi.
- 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
- 1995-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
- 2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[2][3] va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
- 2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6 sentabr 2016 yil
Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan.
- 2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.[4]
- 2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[5].
- 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[6].
- 2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.[7]
Xorijiy davlatlarga tashriflariTahrirlash
Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:
# | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
39 | Rossiya | 23-24.06.2020 | Gʻalabaning 75 yilligi[10] |
38 | Turkiya | 19-22.02.2020 | oʻzaro hamkorlik[11] |
37 | Yaponiya | 16-18.12.2019 | oʻzaro hamkorlik[12] |
36 | Ozarbayjon | 13-15.10.2019 | turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi |
35 | Turkmaniston | 10-11.10.2019 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi |
34 | Belarus | 31.07.2019 | oʻzaro hamkorlik[13] |
33 | Qirgʻiziston | 14-16.06.2019 | Bishkekdagi ShHT sammiti (2019) |
32 | Xitoy | 24-27.04.2019 | oʻzaro hamkorlik |
31 | Birlashgan Arab Amirliklari | 24-26.03.2019 | oʻzaro hamkorlik |
30 | Germaniya | 21-23.01.2019 | oʻzaro hamkorlik |
29 | Hindiston | 18.01.2019 | Xalqaro investitsiya sammiti |
28 | Rossiya | 06.12.2018 | oʻzaro hamkorlik |
27 | Qozogʻiston | 26-27.11.2018 | Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi |
26 | Fransiya | 9-10.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
25 | Hindiston | 02.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
24 | Tojikiston | 27-28.09.2018 | MDH sammiti |
23 | Qirgʻiziston | 03.09.2018 | Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[14] |
22 | Turkmaniston | 24-25.08.2018 | Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[15] |
21 | Qozogʻiston | 5-6.07.2018 | oʻzaro hamkorlik[16] |
20 | Rossiya | 14.06.2018 | FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[17] |
19 | Xitoy | 8-9.06.2018 | Sindaodagi ShHT sammiti (2018) |
18 | AQSh | 15-17.05.2018 | oʻzaro hamkorlik[18][19] |
17 | Qozogʻiston | 15-16.03.2018 | oʻzaro hamkorlik[20] |
16 | Tojikiston | 9-10.03.2018 | oʻzaro hamkorlik |
15 | Koreya Respublikasi | 22-25.11.2017 | oʻzaro hamkorlik |
14 | Turkiya | 25.10.2017 | oʻzaro hamkorlik |
13 | Rossiya | 9.10.2017 | MDH sammiti |
12 | AQSh | 19.09.2017 | BMT sammiti |
11 | Turkmaniston | 17.9.2017 | V Osiyo oʻyinlari marosimi |
10 | Qozogʻiston | 9.9.2017[21] | oʻzaro hamkorlik, Expo 2017 |
9 | Qirgʻiziston | 5.9.2017 | oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari |
8 | Qozogʻiston | 9.6.2017 | oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017) |
7 | Saudiya Arabistoni | 22.05.2017 | Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti |
6 | Turkmaniston | 20.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
5 | Xitoy | 13.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
4 | Qozogʻiston | 28.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
3 | Rossiya | 05.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
2 | Qozogʻiston | 23.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
1 | Turkmaniston | 06.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
Tashriflar soniTahrirlash
Davlat | Tashriflar |
---|---|
Qozogʻiston | 7 |
Rossiya | 6 |
Turkmaniston | 5 |
Xitoy | 3 |
Qirgʻiziston | 3 |
Tojikiston | 3 |
AQSh | 2 |
Hindiston | 2 |
Turkiya | 2 |
Saudiya Arabistoni | 1 |
Koreya Respublikasi | 1 |
Fransiya | 1 |
Germaniya | 1 |
Birlashgan Arab Amirliklari | 1 |
Belarus | 1 |
Ozarbayjon | 1 |
MukofotlariTahrirlash
- Mehnat shuhrati ordeni (1998)[22]
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007)[23]
- Danaker ordeni (Qirgʻiziston, 2017)
- 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2018)
- AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017)[24]
- Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018)[25][26].
- Osiyo jurnalistlar uyushmasining "Yil kishisi" mukofoti (2018)[27][28]
- Nagoya universiteti faxriy doktori (2019)[29]
- Turk dunyosini tiklashga qo'shgan ulkan hissasi uchun mukofoti[30]
OilasiTahrirlash
- Otasi — Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[31]
- Onasi (ismi nomaʼlum) — sil kasalliklari dispanseri shifokori boʻlgan. 1960-yillarda vafot etgan. Oʻgay onasi 2016-yilda vafot etgan[32].
- Ukasi — Asror Mirziyoyev va ikki nafar opasi ham bor.
- Jiyani — Muxtor Asrorovich Mirziyoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki xavfsizlik boshqarmasi boshligʻi.
- Qudasi — Tursunov Botir Rajabovich, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari, general-mayor.[33][34]
- Turmush oʻrtogʻi — Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[35].
- Qizi — Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirining yordamchisi vazifasida ishlaydi. Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, ayni paytda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.[36]
- Qizi — Mirziyoyeva Saida Shavkatovna. Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari (2018-2020),[37] 2020-yildan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisining oʻrinbosari.[38] Turmush oʻrtogʻi — Tursunov Oybek Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.
- Oʻgʻli — Alisher.
AsarlariTahrirlash
- Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b.
- Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b.
- Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „O‘zbekiston“, 2017. — 48 b.
- Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017. — 488 b.[39]
ManbalarTahrirlash
- ↑ Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi
- ↑ Biografiya
- ↑ Biografiya
- ↑ Yoʻldoshev
- ↑ Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP
- ↑ Saylov natijalari
- ↑ Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari e’lon qilindi
- ↑ Xorijga tashriflar
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boladi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/07/04/savkat-mirzieev-kozogistonga-boradi
- ↑ Shavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi
- ↑ https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
- ↑ [https://m.kun.uz/news/2018/03/13/savkat-mirzieevning-navbatdagi-horizij-tasrifi-bujica-rasmij-malumot-berildi
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/09/09/savkat-mirzieev-ostona-sariga-etib-bordi
- ↑ PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Мирзиёев удостоен награды за проведение реформ в Узбекистане. Sputnik Таджикистан (2017-02-02). 2019-02-07.
- ↑ Президенту Узбекистана вручили в Турции награду «За заслуги перед Евразией». Regnum (2018-04-23). 2019-02-07.
- ↑ В Турции президента Мирзиёева наградили премией «За заслуги перед Евразией». ИА EADaily (2018-04-23). 2019-02-07.
- ↑ Шавкат Мирзиёев назван «Человеком года в Азии». «Газета.uz» (2018-12-21). 2019-02-07.
- ↑ Jung Hae-myoung (2018-12-20). Koo, Park named 'Asians of the Year'. The Korea Times. 2019-02-07.
- ↑ Шавкат Мирзиёев Нагоя университетининг фахрий доктори бўлди. Kun.uz.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi
- ↑ Zomin tumani
- ↑ Skonchalas mat premer-ministra Uzbekistana Shavkata Mirziyaeva | TsentrAziya
- ↑ TURSUNOV Batir Radjabovich
- ↑ Tursunov Botir Rajabovich
- ↑ Ziroatxon Hoshimova
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi
- ↑ Saida Mirziyoyeva
- ↑ Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva jamoat fondida ish boshladi
- ↑ Шавкат Мирзиёев: «Бизда 27 йилда туризм бўлмаган. Давлат ёпиқ бўлган»
HavolalarTahrirlash
- Prezident virtual qabulxonasi
- President.uz / Rasmiy sayti
- Rasmiy sahifasi Telegramda
- Rasmiy sahifasi Facebookda
- Rasmiy sahifasi Twitterda
- Rasmiy sahifasi Instagramda
- Rasmiy videolari YouTubeda