Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2016)
(Oʻzbekiston prezidentlik saylovlari (2016)dan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston Prezidenti saylovi — 2016-yilning 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari[1].
2016-yil 4-dekabr | |||
---|---|---|---|
Nomzod: | Shavkat Mirziyoyev | Sarvar Otamuratov | Narimon Umarov |
Partiya: | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi | Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi | Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi |
Nomzod: | Hotamjon Ketmonov | ||
Partiya: | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi |
Saylov Tahrirlash
2016-yil 2-sentyabr kuni amaldagi Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi kunini belgiladi. Saylovoldi kampaniyasiga 9-sentyabrdan ruxsat berildi[2]. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodlar 30-sentyabrdan 20-oktabrgacha taqdim etildi[3][2]. Dastlabki natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev gʻolib boʻldi.
Natijalar Tahrirlash
2016-yil 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qildi[4].
Nomzod | Ovozlar | % |
---|---|---|
Shavkat Mirziyoyev | 15,906,724 | 88,61 |
Hotamjon Ketmonov | 669,187 | 3,73 |
Narimon Umarov | 619,972 | 3,46 |
Sarvar Otamuratov | 421,055 | 2,35 |
Yaroqli ovozlar | 17,616,938 | 98,45 |
Yaroqsiz ovozlar | 334,729 | 1,85 |
Umumiy (87,73 %) | 17,951,667 | 100 |
Manba | Gazeta.uz | - |
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Vibori Prezidenta proydut 4-dekabrya — Gazeta.uz
- ↑ 2,0 2,1 Uzbekistan: TsIK naznachil datu viborov prezidenta i obʼyavil o nachale izbiratelnoy kampanii
- ↑ Aktualnie temi, 2016-11-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-13
- ↑ Gazeta.uz