Narimon Majitovich Umarov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi (2015-2020), partiyadan prezidentlikka nomzod[1] boʻlgan.

Narimon Umarov
Adolat partiyasi raisi
Mansab davri
2013-yildan – 2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Dilorom Toshmuhamedova
Vorisi Bahrom Abduhalimov
Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2009-yil – 2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Boriy Alixanov
Vorisi Baxtiyor Abdusamatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1952-yil (1952-03-10) (72 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti

tahrir

1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

1974-yilda „Gidroenergeo“ ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

1997-2009 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshligʻi.

2009-2013 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, „Ekosan“ ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi.

2013-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi raisi.

2014-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

2015-yildan 2020-yilgacha Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qoʻmitasi raisi[2]

Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Mukofotlari

tahrir

2020-yil 26-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[3].

Manbalar

tahrir