Islom Karimov
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[1]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.
Islom Abdugʻaniyevich Karimov | |||||||||||||||||||||||
![]() | |||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1991-yil 29-dekabrdan — 2016-yil 2-sentabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Hukumat boshlig‘i: | Shukrullo Mirsaidov Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi: | lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida | ||||||||||||||||||||||
Vorisi: | Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||
1989-yil 23-iyundan — 1991-yil 14-sentabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi: | Rafiq Nishonov | ||||||||||||||||||||||
Vorisi: | lavozim tugatilgan | ||||||||||||||||||||||
Tavalludi: | 30-yanvar 1938-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR | ||||||||||||||||||||||
Vafoti: | 2-sentabr 2016-yil (78 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi | ||||||||||||||||||||||
Otasi: | Abdugʻani Karimov | ||||||||||||||||||||||
Onasi: | Sanobar Karimova | ||||||||||||||||||||||
Xotini: | Natalya Kuchma (1965-1970) Tatyana Karimova (1971-yildan) | ||||||||||||||||||||||
Bolalari: | oʻgʻli: Pyotr (1966) qizlari:Gulnora Karimova (1972) Lola Karimova-Tillayeva (1978) | ||||||||||||||||||||||
Mukofotlari: |
| ||||||||||||||||||||||
Hayoti va faoliyati
Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990-1992,), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.
Ilmiy faoliyati
Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning
- „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
- „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
- „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
- „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
- „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
- „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
- „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
- „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
- „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
- „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
- „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
- „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
- „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
- „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
- Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)
va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Xorijiy davlatlarga tashriflar
Quyida Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[2]:
# | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
125 | Rossiya | 03-05.01.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
124 | Latviya | 10-12.10.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
123 | Turkmaniston | 14-17.09.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
122 | Isroil | 20-21.03.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
121 | Shveytsariya | 10-12.10.2013 | ikki tomonlama munosabatlar |
120 | Fransiya | 23-26.09.2013 | ikki tomonlama munosabatlar |
119 | Turkmaniston | 15-16.10.2012 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi |
118 | Ozarbayjon | 15-16.10.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
117 | Turkmaniston | 01-02.10.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
116 | Qozogʻiston | 06-07.09.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
115 | Xitoy | 05-07.06.2012 | Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi |
114 | Rossiya | 20-21.12.2011 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi oliy organlarining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan sessiyalari |
113 | Qozogʻiston | 14-15.06.2011 | Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi |
112 | Hindiston | 17-18.05.2011 | ikki tomonlama munosabatlar |
111 | Xitoy | 19-20.04.2011 | ikki tomonlama munosabatlar |
110 | Yaponiya | 18.02.2011 | Imperator Akihito, Bosh vazir Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv |
109 | Belgiya | 24.01.2011 | NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen bilan uchrashdi |
108 | Rossiya | 10.12.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi |
107 | Qatar | 23-24.11.2010 | ikki tomonlama munosabatlar |
106 | Turkmaniston | 19-20.10.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali |
105 | AQSh | 20.09.2010 | BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisi |
104 | Koreya Respublikasi | 10-12.02.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni o‘zlashtirish loyihasi |
103 | Turkmaniston | 13-14.12.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
102 | Oman | 04-05.10.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
101 | Rossiya | 14-16.06.2009 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti |
100 | Braziliya | 26-28.05.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
99 | Rossiya | 04.02.2009 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi |
98 | Qirgʻiziston | 09-10.10.2008 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashi majlislari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi |
97 | Ozarbayjon | 11-14.09.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
96 | Rossiya | 05-06.09.2008 | ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammiti |
95 | Tojikiston | 27-28.08.2008 | Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari majlisi |
94 | Xitoy | 08-09.08.2008 | Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 ochilish marosimi |
93 | Qozogʻiston | 22-23.04.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
92 | Ruminiya | 03-04.04.2008 | Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammiti |
91 | Birlashgan Arab Amirliklari | 17-18.03.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
90 | Koreya Respublikasi | 24-26.02.2008 | Lee Myung-bakning o‘z lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi |
89 | Rossiya | 05-06.02.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
88 | Turkmaniston | 18-19.10.2007 | ikki tomonlama munosabatlar |
87 | Tojikiston | 05-06.10.2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari majlisi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi |
86 | Misr | 17-19.04.2007 | ikki tomonlama munosabatlar qo‘shma bayonoti |
85 | Singapur | 25.01.2007 | ikki tomonlama munosabatlar |
84 | Belarus | 22-25.06.2006 | Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati majlisi |
83 | Qozogʻiston | 17.06.2006 | Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHICHK) sammiti |
82 | Pokiston | 02-05.05.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
81 | Koreya Respublikasi | 29-30.03.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
80 | Qozogʻiston | 10-11.01.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
79 | Rossiya | 14.11.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
78 | Rossiya | 06-09.10.2005 | "Markaziy Osiyo hamkorligi" majlisi |
77 | Moldova | 02-03.10.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
76 | Qozogʻiston | 04.07.2005 | Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti |
75 | Rossiya | 28.06.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
74 | Xitoy | 25.05.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
73 | Hindiston | 04.04.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
72 | Xatolik! | 15.03.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
71 | Tojikiston | 17-18.08.2004 | "Markaziy Osiyo Hamkorligi" majlisi |
70 | Qozogʻiston | 02-03.07.2004 | MDH davlatlari sammiti |
70 | Rossiya | 02-03.07.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
69 | Rossiya | 15-18.04.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
68 | Latviya | 07-08.04.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
67 | Quvayt | 19-20.01.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
66 | Gruziya | 09-10.10.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
65 | Ukraina | 18-19.09.2003 | Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining Kengashi |
64 | Qozogʻiston | 05-06.07.2003 | "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti davlat rahbarlari sammiti |
63 | Eron | 17-18.06.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
62 | Rossiya | 29.05.2003 | Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti |
61 | Ispaniya | 27-29.01.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
60 | Yaponiya | 27.12.2002 | "Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti |
59 | Chexiya | 21.11.2002 | ikki tomonlama munosabatlar, NATO-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti |
58 | Mojariston | 27.10.2002 | ikki tomonlama munosabatlar |
57 | Moldova | 07.10.2002 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) sammiti |
56 | Tojikiston | 05-06.10.2002 | "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotining sammiti |
55 | Litva | 23.09.2002 | do‘stlik va hamkorlik haqidagi bitim |
54 | Yaponiya | 29.07.2002 | ikki tomonlama munosabatlar |
53 | Rossiya | 06.06.2002 | MDH sammiti[3] |
52 | Rossiya | 17.05.2001 | MDH sammiti |
51 | AQSh | 08.09.2000 | BMT „Mingyillik majlisi“ sammiti |
50 | Tojikiston | 05.07.2000 | "Shanxay beshligi" sammiti |
49 | Rossiya | 21-23.06.2000 | oʻzaro hamkorlik, MDHga aʼzo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi |
48 | Eron | 09-11.06.2000 | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti |
47 | Hindiston | 03.05.2000 | oʻzaro hamkorlik |
46 | Rossiya | 24-25.01.2000 | Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining sammiti[4] |
45 | Turkiya | 18-19.11.1999 | Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha sammit |
44 | Xitoy | 08-09.11.1999 | oʻzaro hamkorlik |
43 | AQSh | 23-25.04.1999 | oʻzaro hamkorlik, NATOning 50 yilligi, Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisi |
42 | Rossiya | 02.04.1999 | oʻzaro hamkorlik, MDH sammiti |
41 | Fransiya | 06.11.1998 | oʻzaro hamkorlik, UNESCO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi |
40 | Turkiya | 29.10.1998 | mamlakat Respublika deb eʼlon qilinganligining 75 yilligi |
39 | Isroil | 14-16.09.1998 | oʻzaro hamkorlik |
38 | Ozarbayjon | 08.09.1998 | oʻzaro hamkorlik |
37 | Qozogʻiston | 10.06.1998 | Ostona shahri |
36 | Rossiya | 05-07.05.1998 | oʻzaro hamkorlik |
35 | Rossiya | 28-29.04.1998 | MDH majlisi |
34 | AQSh | 05.02.1998 | Solijon Sharipovni kutib olish |
33 | Turkmaniston | 05.01.1998 | Markaziy Osiyo sammiti |
32 | Turkmaniston | 14.05.1997 | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti |
31 | Portugaliya | 02-03.12.1996 | Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti |
30 | AQSh | 23-28.06.1996 | oʻzaro hamkorlik |
29 | Italiya | 20-21.06.1996 | oʻzaro hamkorlik |
28 | Fransiya | 21-24.04.1996 | oʻzaro hamkorlik, Amir Temur 660 yilligi |
27 | Shveytsariya | 06.02.1996 | Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi majlisi |
26 | Rossiya | 19.01.1996 | MDH majlisi |
25 | AQSh | 22-24.10.1995 | BMT majlisi |
24 | Qirgʻiziston | 28.08.1995 | Turkiy Kengash |
23 | Rossiya | 08-10.05.1995 | Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 50 yilligi |
22 | Koreya Respublikasi | 15-17.02.1995 | oʻzaro hamkorlik |
21 | Shveytsariya | 01.02.1995 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
20 | Mojariston | 05.12.1994 | oʻzaro hamkorlik |
19 | Xitoy | 24-26.10.1994 | oʻzaro hamkorlik |
18 | Yaponiya | 16-19.05.1994 | oʻzaro hamkorlik |
17 | Shveytsariya | 27-31.01.1994 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
16 | Qirgʻiziston | 16.01.1994 | oʻzaro hamkorlik |
15 | Hindiston | 03-05.01.1994 | oʻzaro hamkorlik |
14 | Birlashgan Qirollik | 22-25.11.1993 | oʻzaro hamkorlik |
13 | Fransiya | 27-30.10.1993 | MDH sammiti |
12 | AQSh | 26-28.09.1993 | BMT sammiti |
11 | Rossiya | 06.08.1993 | MDH sammiti |
10 | Turkiya | 06.07.1993 | oʻzaro hamkorlik, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti |
9 | Shveytsariya | 28.01.1993 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
8 | Belarus | 22.01.1993 | MDH sammiti |
7 | Finlandiya | 10.07.1992 | Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti |
6 | Turkiya | 29.05.1992 | oʻzaro hamkorlik |
5 | Saudiya Arabistoni | 11-13.04.1992 | oʻzaro hamkorlik |
4 | Finlandiya | 26.02.1992 | Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati |
3 | Shveytsariya | 02.02.1992 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
2 | Turkmaniston | 14.12.1991 | oʻzaro hamkorlik |
1 | Rossiya | 29.10.1991 | oʻzaro hamkorlik |
Mukofotlari
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning davlat mukofotlari[5].
Oʻzbekiston
# | Mukofot | Sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
1 | "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, „Oltin Yulduz“ medali | 05.05.1994 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida |
2 | "Mustaqillik" ordeni | 29.08.1996 yil | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 269-I-qarori asosida |
3 | "Amir Temur" ordeni | 26.12.1997 yil | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida |
Sovet davridagi davlat mukofotlari
# | Mukofot | Sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
1 | "Mehnat Qizil bayroq" ordeni | 12.06.1981 yil | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida |
2 | "Xalqlar do‘stligi" ordeni | 29.01.1988 yil | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida |
Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari
# | Davlat/Tashkilot va uning mukofoti | Sanasi |
---|---|---|
1 | Seuldagi Sogang universiteti (Koreya Respublikasi) Faxriy fan doktori | 1992 yil, iyun |
2 | Al-Azhar universiteti (Misr) Faxriy doktor | 1992 yil, dekabr |
3 | Jawaharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori | 1994 yil, yanvar |
4 | "Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) „Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi | 1994 yil, yanvar |
5 | Koreya Respublikasi Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni | 1995 yil, fevral |
6 | Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi Xotira kubogi | 1995 yil, mart |
7 | Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh) Akademiya faxriy aʼzosi | 1996 yil, yanvar |
8 | Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal | 1996 yil, fevral |
9 | UNESCO „Avitsenna“ oltin medali | 1996 yil, aprel |
10 | Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) Faxriy doktor | 1996 yil, may |
11 | Osiyo Olimpiya kengashi Oltin medal | 1997 yil, may |
12 | Qozog‘iston Respublikasi „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni | 1997 yil, iyun |
13 | G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi (Rossiya) Faxriy fan doktori | 1998 yil, yanvar |
14 | Rus pravoslav cherkovi nomidan Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi I darajali Knyaz Daniil ordeni | 1998 yil, fevral |
15 | Ukraina Respublikasi I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni | 1998 yil, fevral |
16 | Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) Akademiki | 1998 yil, dekabr |
17 | Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) Akademik | 1999 yil, may |
18 | Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi Oltin zanjir | 1999 yil, may |
19 | Kurash bo‘yicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok | 1999 yil, sentyabr |
20 | "Ey-Ti-Pi" (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur raketka | 1999 yil, sentyabr |
21 | "Fontis" universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor | 2000 yil, sentyabr |
22 | O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir (Rossiya) Kubok | 2000 yil, oktyabr |
23 | M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) Faxriy professor | 2001 yil, yanvar |
24 | Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi „Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni | 2001 yil, iyul |
25 | "Ey-Ti-Pi" (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus | 2001 yil, sentyabr |
26 | Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal | 2002 yil, mart |
27 | Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti | 2002 yil, mart |
28 | Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti | 2002 yil, mart |
29 | Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Oltin orden | 2002 yil, aprel |
30 | Vaseda universiteti (Yaponiya) Faxriy huquq doktori | 2002 yil, iyul |
31 | Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom | 2002 yil, avgust |
32 | Litva Respublikasi Buyuk Vitautas ordeni | 2002 yil, sentyabr |
33 | Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i | 2002 yil, oktyabr |
34 | Soka universiteti (Yaponiya) Faxriy doktor | 2002 yil, dekabr |
35 | Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni | 2003 yil, yanvar |
36 | Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978 yilgi nusxasi | 2003 yil, yanvar |
37 | Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i | 2003 yil, yanvar |
38 | Sorbonna universiteti, Parij-Syud universiteti (Frantsiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi | 2003 yil, yanvar |
39 | "Andrey Pervozvanniy" fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni | 2003 yil, may |
40 | Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni | 2003 yil, iyul |
41 | Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni | 2003 yil, oktyabr |
42 | Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni | 2003 yil, noyabr |
43 | "Rossiya kon sanoatchilari" konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi | 2004 yil, fevral |
44 | T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori | 2004 yil, aprel |
45 | Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgo‘y muqaddas Nikolay“ oltin ordeni | 2004 yil, aprel |
46 | Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi | 2006 yil, mart |
47 | UNESCO „Borobodur“ oltin medali | 2006 yil, sentyabr |
48 | YuNESKO „Aristotel“ oltin medali | 2007 yil, avgust |
49 | YuNESKO „Buyuk ipak yo‘li“ oltin medali | 2007 yil, oktyabr |
50 | Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni | 2008 yil, oktyabr |
51 | Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni | 2008 yil, oktyabr |
52 | Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) O‘zbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror o‘zgartirishni taʼminlaganlik uchun faxriy mukofoti | 2011 yil, fevral |
53 | Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun" mukofoti | 2012 yil, avgust |
54 | G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy ko‘krak nishoni | 2013 yil, yanvar |
55 | Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“ | 2013 yil, fevral |
56 | Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni | 2013 yil, oktyabr |
57 | Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni | 2013 yil, oktyabr |
58 | Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot | 2014 yil, oktyabr |
59 | "Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi" tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi“ yubiley medali | 2015 yil, mart |
60 | Xalqaro olimpiya qo‘mitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun“ medali | 2015 yil, iyun |
61 | Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti | 2015 yil, iyun |
62 | Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni | 2015 yil, iyul |
Vafoti
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[6]
Oilasi
- Otasi — Abdugʻani Karimov, Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.[7]
- Onasi — Sanobar Karimova, Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
- 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyor ismli oʻgʻli bor.[8]
- Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich, professor.
- Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, professor.
- 1971-yildan Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
- Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
- Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.
Xotirasi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[9] asosan, quyidagilar:
- 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;
- Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;
Shuningdek:
- O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan:
- Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
- O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
- Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish[10];
- Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
Quyidagi muassasa va obyektlarga:
- Toshkent davlat texnika universitetiga;
- Asakadagi avtomobil zavodiga;
- Farg‘ona shahridagi Sanʼat saroyiga;
- Toshkent xalqaro aeroportiga;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
- har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
- oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
- Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
- Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.
2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[11]
Adabiyot
- Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
- Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
- Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
- Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;
- Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;
- Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;
- Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002.[12]
Manbalar
- ↑ http://www.bbc.com/russian/news-37254125
- ↑ Xorijga tashriflar
- ↑ http://islomkarimov.uz/uz/page/tashqi-siyosat-2002-yil
- ↑ http://islomkarimov.uz/uz/page/tashqi-siyosat-2000-yil
- ↑ ISLOM KARIMOV ILMIY-MAʼRIFIY MAJMUASI
- ↑ "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахбороти". UzA. 02.09.2016. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-oliy-mazhlisi-va-zbekiston-respublika-02-09-2016.
- ↑ Islom Karimovning otasi haqida maʼlumot berildi
- ↑ Islom Karimovning oʻgʻli…
- ↑ [http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasining-birinchi-prezidenti-islom-abdug-25-01-2017 Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori]
- ↑ Oqsaroydagi meʼmoriy majmua
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/10/18/moskvada-islom-karimov-ajkali-ocildi
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Islom Karimov tarjimai holi www.press-service.uz