UzAutoMotors

(GM Uzbekistandan yoʻnaltirildi)

UzAutoMotors (1996—2008-yillarda UzDaewooAuto, 2008—2019-yillarda GM Uzbekistan — Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi hamkorligida ochilgan qoʻshma yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi.[1] GM Oʻzbekistondagi eng katta monopolistic kompaniyalardan biri. (Monopoliya - iqtisodiyotning maʼlum sohasida tanho hukmronlikdir) Oxirgi 5yil ichida kompaniya oʻz mahsulotlari narxini aql bovar qilmas tarzda oshirgani uchun koʻplab noroziliklarga sabab boʻlmoqda. Ushbu monopolist kompaniya faoliyatiga ko'plab avtoblegerlar va xalq tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar e'lon qilingan. [2]

UzAuto Motors
Uzauto-motors-logo.jpg
Uzauto-sanoat.jpg
Sobiq nomi GM Uzbekistan (2008–19)
Turi Joint venture
Tarmogʻi Automotive
Egasi General Motors (25%)
UzAvtosanoat JSC (75%)
Qachon asos solingan mart2008 (14 yil avval) (2008-03)
Xoʻjayinlar Bo Andersson, CEO
Mahsulot(lar)i Automobiles
Brendlari Chevrolet
Ravon
Ishchilar soni 5,000 (2010)
Vebsayti uzautomotors.com

RahbariyatTahrirlash

Bugun.uz nashrining keltirishicha, „Oʻzavtosanoat“ Bo Anderssonni oʻzining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi[3]. Qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer boʻlib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan.

1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli raxbar lavozimlarni egallagan va 2001—2009-yillarda „General Motors“ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da boʻlgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham toʻliq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.

Boga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi[4]. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari koʻrib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech boʻlmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi.

ModellarTahrirlash

Yillar Model
1996—h.v Daewoo Damas
1996—2004 Daewoo Labo
1996—2003 Daewoo Tico
2001—2017 Daewoo Matiz
1996-yildan Daewoo Nexia
2003-yildan Daewoo Lacetti
2007—h.v Chevrolet Captiva
2007—2012 Chevrolet Epica
2008—2009 Chevrolet Tacuma
2010—h.v Chevrolet Spark
2012—h.v Chevrolet Malibu
2013—h.v Chevrolet Cobalt
2013—h.v Chevrolet Orlando
2013—h.v Daewoo Gentra
2016-yildan Chevrolet Nexia
2018-yildan Chevrolet Tracker
2019-yildan Chevrolet TrailBlazer
2019-yildan Chevrolet Equinox
2019-yildan Chevrolet Traverse[5]

UzDaewoo (GM Uzbekistan) avtomobillariTahrirlash

ManbalarTahrirlash