Chevrolet Orlando
Chevrolet Orlando (koreyscha: 쉐보레 올란도) — General Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet markasi ostida, Chevrolet Cruze platformasida ishlab chiqariluvchi besh eshikli yetti oʻrindiqli oilaviy kompaktven[1]. Ilk bor 2008-yilning noyabr oyida Parij avtosalonida kontsept-kar koʻrinishida namoyish etildi. 2010-yilda seriyali ishlab chiqarila boshladi. Rossiyada esa Shushari (Sankt-Peterburg) posyolkasidagi avtozavodda ishlab chiqariladi.
Chevrolet Orlando | |
---|---|
Chevrolet Orlando | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Chevrolet |
Model yili | 2010 |
Avvalgi modeli | Chevrolet Rezzo , Chevrolet HHR (Kanada) |
Tasnifi | |
Sinfi | Kompaktven |
Komponovkasi |
Andoza:PP - kompanovka |
Platformasi | GM Delta II |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli |
1796 sm³ l4 (141 o.k.) benzin 1998 sm³ l4 (163 o.k.) dizel |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2760 mm |
Uzunligi | 4652 mm |
Kengligi | 1836 mm |
Balandligi | 1633 mm |
Vazni | 1528 kg |
Bak hajmi | 64 l |
Eksteryer | |
Kuzov turi | hetchbek |
Oʻrindiqlar soni | 7 ta |
Eshiklar soni | 5 ta |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Suzuki Ertiga, Kia Carens, Ford C-Max, Volkswagen Touran Chevrolet Cruze Buick Verano Opel Meriva Opel Zafira Opel Ampera Chevrolet Volt Opel Astra J Cadillac ELR |
Interyrer
tahrirAvtomobilning ichi oila uchun moʻljallangan boʻlib, barcha pozitsiyalarda uch qator oʻrindiqdan iborat. Uchinchi qator oʻrindiqlari joylashgan qismi salon balandligi boʻyicha shu klassdagi oʻzining raqobatchilarini nisbatan ustunlikka ega.[1]. Yukxona hajmi 958 litr (5 ta joy) yoki 1594 litr (2 ta joy) gacha oʻzgarishi mumkin[2].
Modifikatsiyalari
tahrirAvtomobil uzatish qutisiga va salonni qoʻshimcha jihozlanishiga koʻra bir necha pozitsiyalari taqdim etilgan. 2013-yilgacha pozitsiyalar jadvali quyidagicha edi: Base, LS, LS+, LT. Barcha pozitsiyalariga 1,8 litr hajmli benzin dvigatellari oʻrnatilgan. 5 pogʻonali mexanik yoki 6 pogʻonali avtomatik uzatish qutisi bilan taʼminlangan. Har bir pozitsiya oʻzining boshqaruv tizimi, qulayligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. 2013-yildan boshlab model qatori LS, LT, LT+, LTZ ga oʻzgardi (siljidi). Lekin komplektatsiyalar oʻzgarishsiz qoldi. 2013-yilning martidan boshlab 2 litrli dizel dvigatellar modifikatsiyalari paydo boʻldi.
Havfsizlik
tahrirGalireya
tahrir-
Orqa ko'rinishi
-
Chevrolet orlondo orqa tomonidan koʻrinishi
-
Chevrolet Orlandoning ikkinchi avlodi 2018-h.v.
-
Ikkinchi avlod orqa qism 2-rasm
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Opisanie Chevrolet Orlando“. 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-iyul.
- ↑ …dvigatelyami i KPP, imeyut podklyuchaemiy polniy privod., 2013-08-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-12