Oʻzavtosanoat
„Oʻzavtosanoat“ AJ (inglizcha: Uzavtosanoat; oʻzbekcha: O‘zavtosanoat) – avtomobilsozlik korxonalari hamda avtomobillarni mahalliylashtirishni muvofiqlashtiruvchi xolding kompaniya. Shuningdek, „Oʻzavtosanoat“ AJ avtomobilsozlik sanoatining barcha yoʻnalishlarini taʼminlovchi 60 dan ortiq tashkilotlar, jumladan, ishlab chiqarish va mahalliylashtirish korxonalari, dilerlik tashkilotlari va boshqalar manfaatlarini ifodalovchi vertikal integratsiyalashgan uch bosqichli kompaniya hisoblanadi[1]. „Oʻzavtosanoat“ Aksiyadorlik Kompaniyasida 30 mingdan ortiq ishchi oʻrniga ega 60 dan ortiq tarmoq korxonalari va tashkilotlar faoliyat yuritadi. Bundan tashqari AJ 200 dan ortiq chet el korxonalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. „Oʻzavtosanoat“ AJ oʻnlab yirik va oʻrta korxonalar bilan bir qatorda Koreya, Italiya, Germaniya va Yaponiya kabi xorijiy davlatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni birlashtiradi.
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1994-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston: Тoshkent, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 13-uy |
Rahbariyat | Ulugʻbek Roʻziqulov |
Sanoat | avtomobillarni mahalliylashtirish va avtokomponentlar ishlab chiqarish |
Xodimlar soni | ▲ 30 mingdan ortiq, turdosh tarmoqlarda 200 mingdan ortiq |
Vebsayti | uzavtosanoat.uz |
2023-yilning 1-oktyabriga koʻra „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 1 861,6 mlrd soʻmni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 100 foizlik paket aksiya bilan jamiyatning yagona aksiyadori hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrir1994-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan „Oʻzavtosanoat“ Oʻzbek avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi tashkil etilgan[3].
2004-yilda „Oʻzavtosanoat“ Assosatsiyasi ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aktsiyadorlik kompaniyaga aylantirilgan[4].
2017-yil 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „2017-2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-3028-sonli qaroriga asosan „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy-huquqiy tuzilishi aksiyadorlik kompaniyasidan aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirilgan[5].
AJning vazifalari
tahrir- Mahsulotlarning yangi zamonaviy turlari va markalarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini xorijiy investorlarni jalb etgan holda, amalga oshirish hisobiga tashqi va ichki bozorlarda raqobatdosh avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishni taʼminlash;
- Tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlarni yanada diversifikatsiya qilish, tashqi bozorlardagi oʻrni va mavqeyini mustahkamlash;
- butlovchi buyumlar va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan bazaviy xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishi va uning hajmini koʻpaytirish boʻyicha tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga importning ulushini qisqartirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish;
- Tashqi bozorlarda qattiq raqobat muhiti va valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish sharoitida tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, „Oʻzavtosanoat“ AJ tashkilotlari rentabelligini oshirish va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
- Xalqaro zamonaviy standartlarni joriy etish yoʻli bilan „Oʻzavtosanoat“ AJ tashkilotlarini korporativ boshqaruvini takomillashtirish;
- Tarmoqning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, „Oʻzavtosanoat“ AJning ishlab chiqarish tashkilotlari bilan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda ilmiy muassasalar oʻrtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, sohaga yosh va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish;
- Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarning chakana savdosi va aholiga servis xizmat koʻrsatish tizimini tubdan yaxshilash, zamonaviy talablarga muvofiq „Oʻzavtosanoat“ AJ tashkilotlari savdolarining shaffofligini va samaradorligini oshirish;
- Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga tatbiq qilish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini taʼminlash[6].
Xodimlar
tahrir„Oʻzavtosanoat“ AJda 30 mingdan ortiq, turdosh tarmoqlarda 200 mingdan ortiq xodimlar faoliyat yuritishadi. Shu bilan birga, sohada band boʻlganlarning 15 foizdan ortigʻini yuqori malakali mutaxassislarni tashkil etgan.
Rahbariyat
tahrir- Roʻziqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich – boshqaruv raisi[7];
- Rafiqov Abduvaqqos Vohidovich – mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini sanoatda kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari;
- Shukurov Azizbek Qobilovich – boshqaruv raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
- Turayev Farxod Razakovich – boshqaruv raisining Ishlab chiqarish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
- Xidoyatov Davron Abdulpattaxovich – boshqaruv raisining Innovatsiya va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari;
- Saxapov Aleksandr Aleksandrovich – boshqaruv raisining Sotuvni rivojlantirish va marketing boʻyicha oʻrinbosari;
- Bikkulov Rinat Anvarovich – boshqaruv raisining kadrlar boʻyicha oʻrinbosari.
Jamiyat faoliyatining tuzilmasi
tahrirIshlab chiqarish yoʻnalishida:
tahrir- „UzAvto Motors“ AJ – yengil avtomobillar;
- „BYD Uzbekistan Factory“ MCHJ QK – BYD elektromobillari va gibrid
avtomobillari[8];
- „SamAvto“ MCHJ QK – ISUZU turdagi yuk avtomobillari va avtobuslar;
- „UzAvto Motors Powertrain“ AJ – kuch agregatlari;
- Mahalliylashtirish korxonalari – avtokompanentlar;
- Boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari.
Jamiyat boshqarish kompaniyalari
tahrir- „Avtosanoat Invest“ MCHJ;
- „UzAutoComponents“ MCHJ;
- „Uzauto Passenger Vehicles Management“ MCHJ;
- „Uzauto Commercial Vehicles Management“ MCHJ.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kompaniya haqida“. uzavtosanoat.uz. «O'zavtosanoat» Aksiyadorlik Jamiyati. Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
- ↑ „IQTISODIY ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH, XUSUSIY MULK MANFAATLARINI HIMOYA QILISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON DAVLAT QISHLOQ XO‘JALIGI VA AVTOMOBIL MASHINASOZLIGI KONSERNI VA “DEU KORPOREYSHN” KORPORATSIYASI TOMONIDAN AVTOMOBILLAR ISHLAB CHIQARUVCHI “O‘ZDEUAVTO” QO‘SHMA KORXONASI TASHKIL ETILISHI TO‘FRISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
- ↑ „AVTOMOBIL SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
- ↑ „2017 — 2021-YILLARDA AVTOMOBIL SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARUVINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 5-iyun 2024-yil.
- ↑ „Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar“. uzavtosanoat.uz. «O'zavtosanoat» Aksiyadorlik Jamiyati. Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
- ↑ „Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» rahbari bo‘ldi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 6-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston yiliga 500 mingtagacha BYD elektromobillari va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarmoqchi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 6-iyun 2024-yil.