Ulugʻbek Rozukulov
Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov – oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2011-2017-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi[1][2], OTIHTdagi vakili boʻlgan.
Ulugʻbek Rozukulov | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2018-yil 20-apreldan – 2023-yil 23-martgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Jamolov |
Vorisi | Oybek Eshonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-may 1969-yil Nurafshon, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari |
![]() |
Biografiyasi
1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida tugʻilgan[3].
Taʼlim
1991-yilda Moskva davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
1996-yilda Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot institutining aspiranturasini tugatgan.
Mehnat faoliyati
1992—1997 – Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.
1997—1998 – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining gʻaznachilik bosh boshqarmasi rahbari.
1998—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi rahbari.
2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari.
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.
2006-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Birlashgan tahliliy departamenti direktori.
2006—2007 – O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori.
2007—2017 – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.
2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.
2011—2017 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori[4][5][6].
2017—2018 – Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi Bosh direktori[7][8].
2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[9].
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[10].
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi favqulodda va muxtor elchisi[11].
2023-yildan – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi[12].
Manbalar
- ↑ „Ulug'bek Rozukulov O'zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi“.
- ↑ „Ulug'bek Rozukulov Vyetnamdagi O'zbekiston elchisi etib tayinlandi“. Qaraldi: 2025-yil 10-fevral.
- ↑ „Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov“.
- ↑ „Ulugʻbek Rozukulov UzAutoMotors boshqaruv raisi etib tayinlandi“.
- ↑ „Улугбек Розукулов освобожден от должности вице-премьера“.
- ↑ „Turin politexnika universitetida forum oʻtkazildi“.
- ↑ „Валерий Тян покинул пост главы «Узбекистон хаво йуллари»“.
- ↑ „Ulug‘bek Ro‘ziqulov «O‘zavtosanoat» rahbarligiga qaytdi“.
- ↑ „Улугбек Розукулов отбыл послом в Индонезию“.
- ↑ „Улугбек Розукулов стал также послом во Вьетнаме“.
- ↑ „Улугбек Розукулов назначен послом Узбекистана при АСЕАН“.
- ↑ „Улугбек Розукулов снова возглавил Узавтопром“.