Shavkat Jamolov

oʻzbek diplomat

Shavkat Qobuljonovich Jamolov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2008—2018-yillarda Oʻzbеkistоnning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi, OTIHTdagi vakili boʻlgan.

 Oʻzbеkistоnning Indoneziyadagi elchisi
 
Mansab davri
2008-yil 28-iyundan – 2018-yil 11-maygacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shukur Sobitov
Vorisi Ulugʻbek Roʻziqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-aprel 1966-yil (1966-04-20) (58 yosh)
Toshkent

Biografiyasi

tahrir

1966-yil 20-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1991-yilda Toshkent davlat universitetining siyosiy iqtisod fakultetini tamomlagan.

1992-1994 — Oʻzbekiston TIV Diplomatik xizmatlar boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1994-1998 — Oʻzbekiston TIV Davlat protokoli boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh konsulligining birinchi kotibi.

2000-2004 — Oʻzbekiston TIV Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli.

2008-2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi[1]

2010-2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Vetnam Sotsialistik Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi.

2011-2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi[2][3].

Manbalar

tahrir