Abdulla Aripov
ARIPOV ABDULLA NIG‘MATOVICH
Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.
Aripov Abdulla Nigʻmatovich[1] Арипов Абдулла Ниғматович | ||
![]() | ||
| ||
---|---|---|
2016-yil 14-dekabrdan | ||
Prezident: | Shavkat Mirziyoyev | |
Oʻtmishdoshi: | Shavkat Mirziyoyev | |
| ||
2002-yil 30-maydan — 2005-yil 4-fevralgacha | ||
Fuqaroligi: | ![]() | |
Tavalludi: | 24-may 1961-yil (59 yosh) Toshkent, OʻzSSR | |
Partiyasi: | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi | |
Maʼlumoti: | Toshkent elektrotexnika aloqa instituti | |
Mukofotlari: | ||
Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1961-yil 24-may, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri[2][3].
Tarjimai holiTahrirlash
- 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.
- Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini) tamomlagan.
- 1983-1992 — Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
- 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
- 1993-1995 — „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasining direktor oʻrinbosari.
- 1995-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
- 1995-1996 — „TashAfinalAL“ QKning bosh direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimini boshligʻi.
- 1997-yilda — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
- 1997-2000 — Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi.
- 2000-2001 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001-yil 15-avgustdan agentlik bosh direktori.
- 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori etib tayinlangan.
- 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda "Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari" mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.[4]
- 2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari.
- 2012-yil avgustda „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan.
- 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti boʻlim mudiri.
- 2016-yil 13-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
- 2016-yil 12-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[5].
- 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.
OilasiTahrirlash
Oilali, besh nafar qizi bor.