Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniya, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil qilingan. 2003-yildan hozirgi nomi bilan ataladi. Universitetda va filiallarida 11,000 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(TATU, TUIT)
Universitet asosiy binosi.
Asl nomi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Xalqaro nomi Tashkent University of Information Technologies
Asos solingan 1955
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Sarvar Boboxoʻjayev
Talabalari 11,000+
Bakalavriat 25 ta yoʻnalish
Magistratura 24 ta mutaxassislik
Akademiklar 1 ta
Fan doktorlari 16 ta
Professorlar 16 ta
Manzili Amir Temur koʻchasi 108, Toshkent shahri, 100020, Oʻzbekiston
Vebsayti www.tuit.uz

TarixiTahrirlash

TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi.

  • 1955 yil — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
  • 1960 yil — Elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
  • 1978 yil — Bishkek, Dushanbe, Almati va Fargʻona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi
  • 1993 yil — TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
  • 1994 yil — Markaziy Osiyo respublikalari hamda Moʻgʻuliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya oʻquv markazi (SAUTST) tashkil etildi
  • 1997 yil — institut qoshida litsey-instituternat faoliyat yurita boshladi
  • 1999 yil — institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi.
  • 2003 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2005 yil — Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi
  • 2017 yil — Universitetga Muhammad Al-Xorazmiy nomi berildi [1]

Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) komputerlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

FakultetlarTahrirlash

  • Kompyuter injiniringi fakulteti
  • Dasturiy injiniring fakulteti
  • Televizion texnologiyalar fakulteti
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
  • AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti
  • AKT sohasida Kasb-taʼlimi fakulteti
  • Axborot xavfsizligi fakulteti
  • Radio va mobil aloqa fakulteti

KafedralarTahrirlash

  1. Axborot texnologiyalari[2]
  2. Informatika asoslari
  3. Kompyuter tizimlari
  4. Multimedia texnologiyalari
  5. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti
  6. Tizimli va amaliy dasturlashtirish
  7. Algoritmlash va matematik modellashtirish
  8. Oliy matematika
  9. Axborot xavfsizligini ta'minlash
  10. Kriptologiya va diskret matematika
  11. Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta'minoti
  12. Telekommunikatsiya injiniringi
  13. Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
  14. Energiya ta'minlash tizimlari
  15. Telestudiya tizimlari va ilovalari
  16. Audiovizual texnologiyalar
  17. Fizika
  18. Elektronika va radiotexnika
  19. Mobil aloqa texnologiyalari
  20. Teleradioeshittirish tizimlari
  21. Chet tillari
  22. Pochta aloqasi texnologiyalari
  23. Menejment va marketing
  24. AKT sohasida iqtisodiyot
  25. Axborot ta'lim texnologiyalari
  26. Jismoniy tarbiya
  27. O'zbek va rus tillari
  28. Axborot-kutubxona tizimlari
  29. Gumanitar fanlar

Bakalavr yoʻnalishlariTahrirlash

KunduzgiTahrirlash

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5330300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
2 5330501 Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”
3 5330502 Kompyuter injiniringi: AT-Servis
4 5330503 Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari
5 5330600 Dasturiy injiniring
6 5350101 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
7 5350102 Telekommunikatsiya texnologiyalari: teleradioeshittirish
8 5350103 Telekommunikatsiya texnologiyalari: mobil tizimlar
9 5350201 Televizion texnologiyalar: audiovizual texnologiyalar
10 5350202 Televizion texnologiyalar: telestudiya tizimlari va ilovalari
11 5350400 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
12 5232800 Elektron tijorat
13 5234100 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
14 5350300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment

SirtqiTahrirlash

# Shifri Nomi
1 5330300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
2 5330501 Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”
3 5330502 Kompyuter injiniringi: AT-Servis
4 5330503 Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari
5 5350101 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
6 5350102 Telekommunikatsiya texnologiyalari: teleradioeshittirish
7 5350103 Telekommunikatsiya texnologiyalari: mobil tizimlar
8 5350600 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
9 5232800 Elektron tijorat[3]

Magistratura yoʻnalishlariTahrirlash

# Taʼlim yo‘nalishi nomi Shifr
1 Kompyuter grafikasi va dizayn 5A150902
2 Elektron tijorat 5A232801
3 Raqamli iqtisodiyot 5A234101
4 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha) 5A330101
5 Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari 5A330205
6 Kriptografiya va kriptoanaliz (yoʻnalishlar boʻyicha) 5A330301
7 Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha) 5A330302
8 Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) 5A330501
9 “Elektron hukumat” tizimini boshqarish 5A330502
10 Maʼlumotlar ilmi (Data Science) 5A330504
11 Sunʼiy intellekt 5A330701
12 Telekommunikatsiya injiniringi(“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”) 5A350101
13 Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi 5A350104
14 Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi 5A350105
15 Multiplikatsion filmlar texnologiyalari 5A350201
16 Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi 5A350501
17 Elektron kutubxona va arxivlar 5A350602
18 Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari boʻyicha) 5A350801
19 Mobil aloqa tizimlari 5A350901
20 Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari 5A350902
21 Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari 5A350903
22 Videotexnologiyalar 5A351002[4]

FiliallariTahrirlash

  1. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
  3. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
  5. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali

RektorlarTahrirlash

Mashhur bitiruvchilarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash