"Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korxonasi
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, "Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korxonasi! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
ProgrammerBot (munozara) 15:27, 29-Yanvar 2024 (UTC)
Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati tarixi, vazifalari
tahrirRadionazorat va texnik rivojlanish xizmati Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, radiochastota spektrini radiomonitoringini olib borish maqsadida tashkil etilgan. O‘z navbatida xizmat korxona faoliyatining boshlang‘ich davrlariga borib taqaladi. Davlat elektroaloqa inspeksiyasi tarkibida faoliyat yuritib kelgan korxona 1992 yil alohida Markaz bo‘lib ajralib chiqqan. Mana shu yillari korxona qayta tashkil etilishi munosabati bilan tarkibiy bo‘lim va xizmatlar shakllandi. Shunday xizmatlardan biri 1998 yil (SRK) Radio nazorat xizmati tashkil topdi va bu xizmatga rahbar etib Xasanov Abdulbori Valievich tayinlangan.
1998-2000 yillar o‘z faoliyatini olib borgan A.Xasanov o‘z jamoasi bilan rahbariyat tomonidan xizmatning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda, radiochastota spektrini statsionar va mobil stansiyalar orqali nazoratini amalga oshirishda Katran R-381, SMV-8, AR-3000A, KS-540 Standart AX-700 o‘lchov va pelengatsiya uskunalaridan foydalanishgan.
Bu davrlarda EMMMga O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agnetligining radiochastota organi vazifalari yuklatilgan edi. Bunga muvofiq Radiochastota bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida “EMMM” DUK va boshqa radiochastota organlarining tuzilmasi radioelektron vositalarini va yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatilgan tartibda chet eldan olib kirish hamda foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha boshqa RChOlar, shuningdek IIV, DBQ, DSQ o‘zaro hamkorliklari shakllangan bo‘lib, Radionazorat xizmati ushbu tashkilotlar bilan radiomonitoring tadbirlarini olib borishda bevosita faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilgan radiochastota nominallari to‘g‘risidagi ruxsatnomalar “Kronus” dasturiy ta’minoti yordamida elektron ravishda jamlangan. Bu dasturda ma’lumotlar natija ko‘rinishda saqlangan.
Xizmatga 2000-2003 yillar Mirmuxamedov Anvar Adilovich rahbarlik qilgan. O‘sha vaqtlarda “EMMM” DUKning radiomonitoring bo‘yicha oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarishda moddiy-texnik ba’zani holatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining 1999 yildagi qarori bilan milliy radiomonitoring tizimi yaratishga kirishildi.
2003-2005 yillarda esa Abduvosiq Anvarovich xizmat boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Radiomonitoring jihozlarini ishlab chiqaruvchi “Rohde&Schwarz” firmasining o‘lchov va pelengatsiya qurilmalarining olib kelinishi va o‘rnatilishining birinchi bosqichi shu davrlarga to‘g‘ri kelgan. Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahridagi ikkita RNP, Samarqand viloyatining bitta RNP va Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bitta RNP uskunalar bilan jihozlanib ishga tushirilgan. Operativ o‘lchov va peleng ishlarni olib borishda Toshkent shahriga bitta “Volkswagen” rusumidagi mobil o‘lchov kopmleksi yetkazib berilgan.
2005-2010 yillar mobaynida Ziyatdinov Maxamad Amin Mirzajonovich xizmat boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib bordi.
Ushbu davrlarda radiomonitoring bazasi yaratilib takomillashtirildi. Mobil stansiya o‘lchov diapazoni kengaytirildi ya’ni 3GGs dan 26.5 GGs gacha radichastota spektorini monitoringini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Toshkent shahrida yangi “Bunyodkor” statsionar stansiyasi ishga tushirilgan va qisqa to‘lqinda faoliyat yuritadigan REVlarni texnik parametrlarini o‘lchash hamda pelengatsiya qilish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, REV va YuChQ ro‘yxatga olish bazasi takomillashtirilgan.
Radiochastota foydalanuvchilariga biriktirilgan radiochastota nominallari bo‘yicha ruxsatnomalarni jamlovchi “Kronus” dasturini takomillashtirishtirishga extiyoj tug‘ildi. Yosh dasturchilar yordamida “RWS” dasturiy ta’minoti yaratildi va foydalanishga topshirildi.
2010-2016 yillar Manuilenko Denis Yevgenevich “EMMM” DUKning Toshkent texnik radionazorat stansiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Denis Yevgenevich rahbarlik qilgan davrda xizmat Toshkent texnik radionazorat stansiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Stansiyada ish samaradorligini oshirish maqsadida xizmatda guruhlar tashkil etildi. O‘z navbatida milliy radiomonitoring tizimi bosqichlari davom ettirildi. Toshkent texnik radionazorat stansiyasi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 15-uy binosiga texnik imkoniyatga ega bo‘lgan manzilga ko‘chib o‘tdi.
2016-2021 yillar Kadirov Anvar Abdugapurovich Toshkent texnik radionazorat stansiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Texnik radionazorat stansiyasi “EMMM” DUKning 2021-yildagi buyrug‘i bilan Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati etib qayta nomlandi va uning tarkibida 7 ta guruh qayta tashkil topdi.
Davlat dasturiga asosan viloyat xizmatlarida statsionar radionazorat punktlarini qurish ishlari jadallik bilan olib borildi.
Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturiga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan keng islohatlar, shuningdek barcha sohada raqamlashtirishga ommaviy ravishda o‘tilishi, barcha aloqa operatorlari oldida turgan katta vazifalarga aylandi.
O‘z o‘rnida mana shu olib borilayotgan islohatlar jarayonida “EMMM”DUKga bir qancha vazifalar yuklandi. Mana shu vazifalarni ijrosi, qolaversa radiomonitoring tarmog‘ini takomillashtirish maqsadida, 2018 yilda mobil aloqa tarmog‘ini qamrov hududini o‘lchash va ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatgichlarini tahlil qilish uskunalari Samsung Galaxy smartfonlari asosida QualiPoc Android, TSM skaner jamlamalari keltirila boshlandi. Ushbu uskunalar bilan bosqichma-bosqich viloyat xizmatlarni ham ta’minlash ishlari davomiy ravishda olib borilmoqda.
“EMMM” DUK tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda Xizmat xodimlari jamoasidan tashkil topgan malakali mutaxassislar tomonidan Viloyat texnik xodimlarini doimiy ravishda bilim ko‘nikmalarini va malaka mahoratlarini oshirib borishlarini ta’minlash maqsadida, texnik o‘quv mashg‘ulotlari va treninglar olib borish davom ettirildi.
O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyaning yo‘lga qo‘yiliish munosabati bilan telesignallarni sifat ko‘rsatgichlarini nazoratini amalga oshirishda, “EMMM” DUKning viloyat boshqarmalarini EFL-340 portativ qabul qilgichi bilan ta’minlandi. Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati yuqori chastota diapazonlarini tahlil qilishda FPH spektr analizator priboriga ega bo‘ldi.
2022 yil “EMMM” DUKning Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati boshlig‘i lavozimiga Kaxramonov Alisher Kaxramonovich tayinlandi. Uning faoliyatida kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berila boshlandi. Yosh kadrlarni o‘z ustida ishlashga sharoitlar yaratildi.
Ayni kunda 34 xodimdan iborat bo‘lgan katta jamoa A.Kaxramonov boshchiligida REV va YuChQ texnik parametrlarining amaldagi normlar va davlat standartlariga muvofiqligini nazorat qilish, radioxalaqitlarni aniqlash va bartaraf etish, noqonuniy ishlayotgan uzatgichlarni aniqlash va bartaraf etish, ehtimolliy industral radioxalaqit manbalarini nazorati bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, radiochastota bandligini nazorati va tahlili, yuridik va jismoniy shaxslar, vazirlik va tashkilotlarning REV va YuChQ uchun texnik ekspertiza dalolatnomalarini tayyorlash hamda televidenie va radioeshittirish uzatgichlarini ishonchli qamrov hududlarini o‘lchash ishlarini olib bormoqdalar.
Milliy radiomonitoring tarmog‘ini kengaytirish doirasida UMS300 rusumidagi o‘lchov jamlanmalari bilan yangi statsionar stansiyalar ishga tushirilishi davom ettirilmoqda. "Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korxonasi (munozara) 09:41, 30-Yanvar 2024 (UTC)
„Emmm.duk“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi
tahrirSiz tomoningizdan yaratilgan „Emmm.duk“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („VP:TOʻM#U4 va VP:TOʻM#U11“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.
Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.
Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Ibrohimjon 11:45, 30-Yanvar 2024 (UTC)