Yordam:Maqola qanday yoziladi?

Uzoqov G'ulom Norboyevich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Ilmiy-pedagogik faoliyati 31 yil. G.Uzoqov yurtimizning iqtidorli, taniqli va obro‘li olimlaridan biridir. Iqtidorli olim mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish usullarini rivojlantirish va muqobil energiya asosida ishlaydigan energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish yo‘nalishida samarali ilmiy faoliyat olib borib, ko‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, vatanimiz taraqqiyoti, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, mamlakatimizda ilm-fan rivojini taʼminlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Faoliyati natijalari

G.Uzakovning ilmiy izlanishlari natijalari bo‘yicha 8 ta monografiya, 5 ta darslik va 10 ta o‘quv qo‘llanma, respublika va nufuzli xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ilmiy ishlarining natijalari bo‘yicha 9 ta ilmiy ixtiro va 20 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar muallifidir. Oxirgi 5 yil ichida 7 ta ilmiy loyihasi Respublika davlat grantlari tanlovida g‘olib bo‘lgan  va 2 ta ishlanmasi amaliyotga joriy qilingan.

G.Uzakovning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlik faoliyati davrida institutda xorijiy grantlar asosida 4 ta xalqaro loyiha bajarildi va ushbu loyihalar doirasida institut professor-o‘qituvchilaridan 37 nafari, iqtidorli talabalardan 10 nafari xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarida o‘quv va ilmiy seminarlarda ishtirok etib kelishdi hamda institutda mazkur loyihalar asosida 4 ta o‘quv laboratoriya xonalari tashkil etildi.

Mehnat faoliyati

1983-1984 yy. - Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti talabasi

1984-1986 yy. - Harbiy xizmatda

1986-1990 yy. - Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti talabasi

1990-1991 yy. - Qarshi temir yo‘l bo‘limi muhandis-texnologi  

1991-1995 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali issiqlik energetikasi kafedrasi assistenti

1995-2004 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti

2004-2011 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi mudiri

2011-2018 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori

2018-2020 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti issiqlik energetikasi kafedrasi mudiri

2020-2020 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti energetika fakulteti dekani

2020 y. -  h.v. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Mukofotlari

2021-yilda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.