Yordam:Maqola qanday yoziladi (havolalar)

3. Ichki havolalar
5. Intervikilar   >

Havola (yoki ishorat, bogʻ, link, ssilka) viki ishida foydali funksiyadir.

Ichki havolalar

Vikipediyaning qulay boʻlishida eng katta xizmat qiluvchi xususiyatlardan biri sahifalar orasida osonlikcha aloqa qurishdir. Bir atamaning atroflicha yoritilishi, oʻsha atamaga aloqador boshqa atamalarni qarash imkoni bilan ham mumkin.

Qachon ishlatiladi

Havola qoʻyishda meʼyor boʻlishi lozim. Bir sahifada haddan oshiq yoki hech qanday ishorat boʻlish-boʻlmasligi sahifa sifatini tushirishi mumkin. „Har bir soʻzi havola boʻlgan maqolaning oʻquvchiga hech yordami tegmaydi“. Bu vaziyatda „Men bu maqolani oʻqir ekanman, qaysi atamalar haqida bilishim kerak?“ savolini oʻzingizga berishingiz lozim. Unutmang, agar ayni atama birdan koʻp joyda eslatilgan boʻlsa, uning har birida havola berishga hojat yoʻq.

Qanday

Yozuv ichidagi bir (yoki ortiq) soʻz ishlatib, boshqa maqolaga havola yaratish uchun oʻsha soʻzni kvadrat qavslar jufti ichiga oling. Masalan, Amir Temur lashkarboshi boʻlgan… jumlasidagi „Amir Temur“ ismini tegishli maqolaga yoʻnaltiruvchi havolaga aylantirish uchun:

[[Amir Temur]]

Har juft kvadrat qavs ichiga olganingiz soʻz havolaga aylanadi. Tegishli sahifa mavjud boʻlsa, havola koʻk, yoʻq boʻlsa, qizil boʻlib koʻrinadi. Bu yerda bir narsaga eʼtibor qaratish kerak. Baʼzi atamalarning bir necha maʼnosi boʻladi. Bu holda yaratganingiz havola koʻp maʼnoli atama sahifasini koʻrsatsa, oʻsha sahifa oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli maqolaga link yaratib, oʻquvchi vaqtini tejashga harakat qiling.

Sanalar

Sanalarni havolaga aylantirish shart emas. Agar maqolada biror voqea yoritilgan boʻlsa, va biror sana oʻsha voqeaga aloqador boʻlsa sanani havola qilish mumkin. Sanalar oʻzbekchada chiziqcha bilan yoziladi:

[[19-may]], [[1919]]

Yana qarang boʻlimi

Agar maqola oxirida mavzuga aloqador boshqa maqolalarga diqqat qaratishni istasangiz, sahifa ostida yangi, „Yana qarang“ boʻlimini ochishingiz mumkin. Buning uchun == Yana qarang == deb yozing.

Turkumlar

Maqolani turkum ichiga joylash juda oson. Buning uchun [[Turkum:***]], yulduzchalar (***) oʻrniga turkum nomini koʻrsatib, maqola ostiga yozing. Viki shu sahifani koʻrsatilgan turkumga soladi.

Maqolani turkumga solmay, shunchaki turkumga havola yaratish uchun ikki nuqta (:) belgisini turkum havolasi boshiga qoʻyish kifoya:

[[:Turkum:Futbolchilar]]

Yuqoridagi yozuv turkum sahifasiga eltuvchi havolaga aylanadi:

Turkum:Futbolchilar


Oʻrganganlaringizni sinov sahifasida tekshirib koʻring
Keyingi mavzu: Tashqi havolalar