Yordam:Maqola qanday yoziladi (tahrir)
Tarjimayi hol
Shohro'z Mo'minzoda Umarjon - o'qituvchi, tarjimon va shoir
1997-yilning 14-fevral kuni Farg'ona viloyati So'x tumani "Hazrat Aliy" mahallasi (Sarikanda qishlog'i ham deyiladi) "Timsol" ko'chasi 17-uyda dunyoga kelgan. Millati tojik. 2004-yili So'x tumani Amirali Saidbekov nomidagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga qabul qilingan. Bu maktabda ta'lim tojik tilida olib borilgan. O'quvchilik yillarida 8-9-sinflarda Huquqshunoslik fanidan bo'lgan olimpiadalarida tuman bosqichida g'olib bo'lib, viloyat bosqichida ishtirok etgan. Birinchi muallimi Yunusov Yunosjon. Sinf rahbari Rahimaxon Rahmatullayeva bo'lgan. Ko'p sohada uni yetishtirgan ustozi Amirjon Temirov Boboavezovich bo'lgan.
2013-yili o'rta maktabni bitirgan Shohro'z Farg'ona politexnika instituti qoshidagi So'x akademik litseyiga Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishiga o'qishga qabul qilingan. Akademik litsey davrida O'zbek tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Dilmurod Nazarov ta'limi ostida adabiyotga qiziqishi ortgan. O'zbek tilida ilk she'rlarini mashq qilishni boshlagan. O'zbekistond Xalq shoiri Iqbol Mirzoning she'rlari tilidan, kitoblari qo'lidan tushmas edi.
Akademik litseyni 2016-yili bitirib, Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika institutining Tarix yo'nalishiga o'qishga topshirgan, ammo kira olmagan.
Otasi Mominjon Umarjonovich Mominjonov o'qishdan yiqilgan o'g'lining ko'ngli o'ksimasligi uchun uni Toshkentga jo'natib yuboradi. Shohro'z Toshkentda Iqbol Mirzo bilan ko'rishadi. Iqbol Mirzo uni Do'rmondagi ijodkorlar sanatoriyasidagi dachasiga olib borib joylashtiradi. Shohro'z Toshkentdagi bir necha oylik sayohati davomida kitobda nomini o'qib yurgan ayrim ijodkorlar bilan uchrashadi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo'ldosh bilan ko'rishib, suhbat asnosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga o'qishga kirishga qaror qiladi.
Shahar sayohati yakunlangach, Farg'ona shahriga qaytib, O'zbek tili va adabiyoti fanidan Kamoldin Marasulovda, Ingliz tilidan esa Aziza Mamurovada Ferghana Smart education o'quv markazida tayyorlangan.
2017-yili Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish" yo'nalishiga 182 ball bilan o'qishga qabul qilingan. Guruhda 21 ta qiz va birgina Elyor Xolyorovich Rajabov bilan birga o'qigan. Shokir Tursun, Fayzullo Yusupov hamda Nodir Hasanboyev Shohro'zning yaqin davradoshlari edi. Talabalikning dastlabki yillaridanoq shoir Jontemir Toshtemirov bilan uchrashib, adabiyotga oshnoligi yanada kuchaygan. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan "Onajonim she'riyat" to'garagiga shoir Rustam Mirvohidning darslariga qatnagan. Shoir va tarjimon Odil Ikrom bilan tanishuvi Shohro'zning hayotida katta burilish hosil qilgan. Odil Ikrom Shohro'zni talabalikning rasvo va tartibsiz hayotidan qutqaradi, unga o'zi ijarada yashab turgan uydan joy beradi.
Universitetida esa Iroda Azimova, Odina Sayidahmedova, Baxtiyor Mengliyev, Umedullo Mahmudov, Manzar Abdulxayr, Sarvinoz Sotiboldiyeva, Rashid Zohid, Dilnavoz Yusupova, Bahodir Karimov, Nilufar Abdurahmonova, Sarvar Abdullayev, Olimjon Davlatov, Husnigul Jo'rayeva, Nodir Juraquziyev, Zulxumor Mirzayeva, Muhayyo Yo'ldosheva, Qozoqboy Yo'ldoshev, Hoshimjon Ahmedov va boshqa shu kabi o'z sohasining darg'alaridan dars oladi. Ilmiy rahbari Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov akademik, filologiya fanlari doktori, universitet rektori edi.
Shohro'z ilk mehnat faoliyatini "Toshkent haqiqati" Toshkent viloyatining gazetasida boshlagan. Keyinchalik "Sevimli" telekanalida kinotarjimon bo'lib ishlagan. Quyidagi Eron filmlari Shohro'z tomonidan tarjima qilingan:
- Xayol qanotlari;
- Bezovta dil;
- Musibat
- Qara tong otmoqda
- 143-shior
U fors tilini yaxshi o'zlashtirib, B2 darajasini oladi. Talabalik yillaridan fors tili bo'yicha repetitorlik qilishni boshlaydi.
Asosiy mehnat faoliyati "Kitobdornashr" nashriyotida kechadi. Juda ko'plab kitoblarga muharrirlik qiladi. Odil Ikrom tomonidan tarjima qilingan Furug' Farruxzodning "Qayg'u guli" kitobida Shohro'z tomonidan tarjima qilingan so'z boshi va maqolalar chiqqan.
2021-yili universitetni bitirgan Shohro'z o'zi tahsil olayotgan joyga Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi bo'yicha magistraturaga o'qishga qabul qilingan. "Abdulloh Hotifiyning Temurnoma asari matniy tadqiqi" mavzusida magistrlik dissertatsiyasi himoya qilgan.
Magistraturani 2023-yili tamomlagach, Farg'ona viloyati So'x tumaniga qaytib, ilk ustozi Amirjon Temirov direktorlik qilayotgan, qishlog'ida yangi qurilgan 29-maktabga borib, o'qituvchilik faoliyatini boshladi.
2024-yili Respublika yosh ijodkorlari "Zomin" seminarida ishtirok etdi.
Shu yilning o'zi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Shohro'zning "Hurkak shu'la" nomi bilan birinchi kitobi nashr etildi.
Shohro'z 2025-yilning fevral oyidan qishloqdagi hayotiga yakun yasab, Toshkentga qaytadi. Repetitorlik faoliyatini rivojlantirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama qilishni boshlaydi. 2025-yilning iyun oyida Fors tilidan C1 darajali sertifikatni qo'lga kiritadi. Shunday qilib, bugungacha uning ma'lumotlari shulardan iborat edi.
Qanday yoziladiVikipediyada yozish uchun sahifalar tepasidagi „Tahrirla“ tugmasidan foydalaning. Muhofazalangan sahifalardan tashqari barcha sahifalar tepasida tahrirla tugmasi bor. Bu tugma, nomidan maʼlum boʻlib turipti, qarayotganingiz sahifa ichidagilarni tahrirlash uchun ichida shu sahifa matni yozilgan qutisi bor boshqa sahifa ochadi. Sahifa tepasida, masalan, Tahrirlash Olma kabi ifoda koʻrinadi. Istasangiz, tahrirla tugmasi qanday ishlashini „sinov sahifasida“ qarab koʻring. Sinov sahifasida xohlagan bir-ikki satr yozuv yozib, sahifa ostidagi „Saqla“ tugmasini bosing. Umid qilamizki, yozuvingizni sinov sahifasida koʻrish sizga xush keladi. Biroq shuni yodda tutingki, yozuvingizni boshqa foydalanuvchilar ham koʻrishadi. Shuning uchun maxfiy shaxsiy maʼlumotlarni yozmang.
Koʻrib chiqish
Tahrirlash sahifasidagi matn qutisi ostida „Koʻrib chiqish“ tugmasi bor. U nega kerak? Izoh: „Koʻrib chiqish“ tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.
Oʻzgarganlarni koʻrsat

„Koʻrib chiqish“ tugmasi yonida „Oʻzgarganlarni koʻrsat“ tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.
UNUTMANG! Oʻzgarganlarni koʻrganingizdan soʻng „Saqla“ tugmasini bosishni unutmang, aks holda oʻzgartirishlaringizni yoʻqotishingiz mumkin.