Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“ PQ – 91 Qaroriga muvofiq tashkil etilgan[1]. Hozirda Filial tasarrufida 3 ta oʻquv bino va talabalar turar joyi uchun 1 ta bino bor. Bugungi kunda filialda 1718 nafar kunduzgi va 514 nafar sirtgi taʼlim shalkida bakalavriatura va 58 nafar magistratura talabalari tahsil olmoqda. Professor – oʻqituvchilar tarkibi 106 nafar asosiy shtatda va 9 nafar oʻrindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan ustozlardan iborat boʻlib, ularning 3 nafari fan doktori professorlar va 41 nafari fan nomzodi dotsentlardir. Zamonaviy tarzda jihozlangan 18 ta maʼruza xonalari, 32 ta amaliy mashgʻulot xonalari, 16 ta kompyuter sinflari, 5 ta oʻquv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot – resurs markazi va sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter toʻgʻri keladi.
Universitet asosiy binosi | |
Xalqaro nomi |
Samarkhand branch of Tashkent University of Information Technologies |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2005-yil |
Rektori | Кarshiyev Zaynidin Abduvaliyevich |
Talabalari | 1718+ |
Bakalavriat | 7 ta yoʻnalish |
Magistratura | 3 ta mutaxassislik |
Doktorantura | 4 ta |
Fan doktorlari | 41 |
Professorlari | 3 |
Oʻqituvchilari | 106 |
Manzili |
Toshkent<nowiki> |
Veb-sayti | </nowiki>[http://www.samtuit |
Oʻquv ishlari:
tahrirFilial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.
Fakultetlar:
tahrir- Kompyuter injiniring
- Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi
Kafedralar
tahrir- Axborot texnologiyalari.
- Kompyuter tizimlari.
- Tabiiy fanlar.
- Axborot taʼlim texnologiyalari.
- Telekommunikatsiya injiniring.
- Axborot xavfsizligi.
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar.
- Tillar kafedrasi.
- Dasturiy injiniring.
Bakalavriatura yoʻnalishlari:
tahrir- Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
- Kompyuter injiniringi: AT-Servis
- Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari
- Dasturiy injiniring
- Kompyuter injiniringi: „Kompyuter injiniringi“
- Pochta aloqasi texnologiyasi
- Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
- Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“, „Mobil tizimlar“)
Sirtqi yoʻnalish:
tahrir- Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“, „Mobil tizimlar“)
- Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)
- Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“, „AT-servis“, „Axborot xavfsizligi“, „Multimedia texnologiyalari“)
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
Universitet haqida:
tahrirFilialda barcha mashgʻulotlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Har bir fan boʻyicha zaruriy materiallar oʻquv uslubiy majmua sifatida shakllantirilib oʻquv jarayoniga xizmat qiluvchi texnik jihozlar yildan yilga boyitib borilmoqda. Hozirgi paytda filialda barcha darslar elektron taqdimotlar asosida multimediali vositalar yordamida oʻtilmoqda. Masofaviy elektron taʼlim usullari keng joriy qilingan boʻlib, pandemiya holatida (COVID-19) ushbu usullar keng qoʻl kelmoqda. 2020 yil davomida TATU Samarqand filialining mutaxassislik kafedralari tomonidan fanlar boʻyicha masofaviy darslar videokonferentsiya shaklida tashkillashtirilmoqda va filial talabalari ushbu darslarda toʻliq qatnashmoqdalar.
Internet texnologiyalar oʻquv jarayoniga keng koʻlamda tadbiq etilmoqda. Oʻquv jarayoni uchun ajratilgan kompyuterlarning hammasi internetga ulangan va ulanish tezligi zamonaviy meʼyorlarga mos keladi. Talabalar nafaqat auditoriya darslarida, balki mustaqil ish, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda internet resurslaridan toʻliq foydalanmoqda.
Shunga yarasha talabalarning internet texnologiyalari boʻyicha saviyasi va ongi keskin oʻsdi. Hozirgi talabalarimizda filial endi tashkil boʻlgan vaqtlardagi talabalarga nisbatan katta ijobiy farq bor. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash. Filialda yuqori malakali ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha sezilarli yutuqlarga erishilgan. Jumladan, F.Axmedjanov doktorlik dissertatsiyasini, I.Boynazarov, N.Raximov, X.Primova, Sh. T.Xodjaev, S. T. Kubaev, Z. A. Qarshievlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
Hozirgi vaqtda R.Indiaminov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida, bir qator oʻqituvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari OAK jurnalida eʼlon qilindi va ular doktorlik dissertatsiyasini mustaqil – tadqiqotchi sifatida bajarmoqdalar.
Chet tilini oʻrganish:
tahrirOʻquv rejaga binoan 1-, 2- va 3 – kurslarda barcha talabalar uchun chet tili (ingliz, nemis yoki fransuz tili) darslari, 4 – kurs talabalari uchun yesa amaliy ingliz tili darslari oʻtilmoqda. Har yili 3 – 4 nafar talaba oʻzinig bitiruv malakaviy ishini ingliz tilida yozib himoya qilmoqda. Ingliz tili bilan faol shugʻullanadigan talabalar filial ochilgan yillarda 3 – 5% ni tashkil qilgan boʻlsa, hozir bu koʻrsatkich 40 – 45% dan kam emas.
Rektor
tahrirGalereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „TATU Samarqand filiali Tashlik etildi“ (2005-yil 7-iyun). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „oshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga direktor lavozimiga Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich tayinlandi“ (2021-yil 22-aprel). 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |