Agrippina Shin
Agrepina Vasilyevna Shin (1958-yil 29-dekabr, Sirdaryo viloyati) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2017-yil 19-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri. 2022-yil 30-dekabr Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisidagi farmonni bilan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi [1]
Agrepina Vasilyevna Shin | |
---|---|
Агриппи́на Васи́льевна Шин | |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri | |
Mansab davri 2018-yil 20-fevraldan 2022-yil 30-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-dekabr 1958-yil Sirdaryo |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirTaʼlim
tahrir1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tamomlagan. 1980-1986 — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi, 1987—1993-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, 1993—2001-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2001—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori vazifalarida ishlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2015-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi[1][2].
2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari[3].
Matbuot eʼtibori
tahrirAgrippina Shinning 2022-yil 19-avgust kuni OAV xodimining „Maktabgacha taʼlim vaziri Agreppina Shin ayollar eng kam maosh oladigan tarmoq vaziri sifatida Oʻzbekistondagi gender tengligiga qanday baho beradi?“ savolini eʼtiborsiz qoldirishi internetda keng muhokamalarga sabab boʻldi[4].
Mukofotlari
tahrirAgrippina Shin 2020-yilda Janubiy Koreyaning „Diplomatik xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан:“.
- ↑ „Omma oldida jurnalistdan qochayotgan vazir - Agreppina Shin“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Agrippina Shin Janubiy Koreyaning «Diplomatik xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.