Oʻtkir Sultonov
Oʻtkir Toʻxtamurodovich Sultonov (14-iyul 1940-yil — 29-noyabr 2015-yil, Toshkent, SSSR — Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003), MDH davlatlari Bosh vazirlari kengashi raisi (1998—2003).Sovet va oʻzbek davlat arbobi, siyosiy va partiya arbobi. Ishchi, elektrotexnika muhandisi, texnika fanlari nomzodi.
Oʻtkir Toʻxtamurodovich Sultonov | |
---|---|
bosh vazir 1997-yilda | |
"TAPOiCh" OAJ Bosh direktori | |
Mansab davri 2006-yil 9-noyabr – 2011-yil 1-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | nomaʼlum |
Vorisi | Rustam Abdurazzoqov |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Maslahatchisi | |
Mansab davri 2006-yil 9-noyabr – 2010-yil 1-sentabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari | |
Mansab davri 2003-yil 10-dekabr – 2006-yil 9-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
2-Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri | |
Mansab davri 1995-yil 21-dekabr – 2003-yil 10-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Abdulxoshim Mutalov |
Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari | |
Mansab davri 1992-yil 1-noyabr – 1995-yil 21-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulxoshim Mutalov |
Prezident | Islom Karimov |
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri | |
Mansab davri 1991-yil 10-sentabr – 1995-yil 21-dekabrgacha[1] | |
Hukumat boshligʻi |
Shukrullo Mirsaidov Abdulhoshim Mutalov |
Prezident | Islom Karimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-iyul 1940-yil Toshkent |
Vafoti |
28-noyabr 2015-yil (75 yoshda) Toshkent[2] |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirDastlabki-yillar va ish faoliyati
tahrirOʻtkir Sultonov 1940-yil 14-iyulda Toshkentda tugʻilgan. 1963-yilda S. M. Kirov nomidagi Tomsk politexnika institutini (hozirgi Milliy Tomsk Politexnika Universiteti) elektr muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Shu yili u oʻz faoliyatini Tomsk kesuvchi metallar zavodida elektr boʻyicha mutaxassis sifatida boshladi. 1964-yildan 1985-yilgacha u samolyot ishlab chiqarilgan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida (TAPOiCh) dastlab usta, keyin laboratoriya mudiri, qoʻshma konstruktorlik byurosi rahbari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash boʻlimi boshligʻi, bosh muhandis oʻrinbosari va bosh direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan. TAPOiCHda u bir muddat shu korxonada ishlagan Islom Karimov bilan tanishadi. 1978-1979-yillarda u TAPOiCH ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiningining xodimi sifatida Fransiyada xizmat safarida boʻlgan. 1985-yilda u „Sharq“ IIChB bosh direktori etib tayinlanadi va 1991-yilgacha ushbu uyushma rahbari sifatida ishlaydi.
Siyosiy faoliyati
tahrirU Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining xalq deputati edi. 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo va tashqi aloqalar davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlandi. KPSS va uning respublika boʻlimi — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi tugatilgandan soʻng, u partiyaning oʻrnini bosgan yangi Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasining (XDP) hammuassislaridan biriga aylandi. U partiyaning tashkiliy qoʻmitasiga kirgan va partiyaning markaziy kengashi aʼzosi etib saylangan. Kommunistik Partiyaning markaziy kengashining birinchi rahbari respublika prezidenti Islom Karimov boʻlgan. 1992-yil fevral oyida Oʻtkir Sultonov Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri etib tayinlandi, keyinchalik oʻsha-yili parallel ravishda Bosh vazir oʻrinbosari boʻldi.
1995-yil 21-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida Bosh vazir Abdulxoshim Mutalov „boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan“ oʻz lavozimidan ozod qilindi va Oʻtkir Sultonov uning oʻrniga Prezident Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangi (ikkinchi) Bosh vaziri sifatida taklif qilindi va shu sessiyada uning nomzodi tasdiqlandi.
2001-yil fevral oyida u Qirgʻiziston Bosh vaziri Kurmanbek Bakiyev bilan „Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya qilishning huquqiy asoslarini hal qilish toʻgʻrisida Memorandum“ni imzoladi.[3]
Shu bilan birga, 1998-yil may oyidan boshlab — MDH Hukumat rahbarlari kengashining raisi.
Xuddi shu kuni Islom Karimov yangi bosh vazirning mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, neft va gaz, geologiya, elektr energiyasi, kimyo sanoati, shuningdek, standartlashtirish va metrologiya, davlat va safarbarlik zaxiralarini nazorat qiluvchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2005-yil 4 fevralda u yana shu lavozimga tasdiqlandi, ammo yoqilgʻi-energetika sanoati, kimyo, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik masalalarini nazorat qilishni boshladi. 2006-yil noyabrgacha Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2006-yil noyabr oyida u Bosh vazirning maslahatchisi, shuningdek „V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. 2010-yil sentyabrgacha Bosh vazirning maslahatchisi, 2011-yil 1 yanvargacha „TAPOICh“ DAK direktori boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
tahrir2011-yil yanvaridan nafaqaga chiqqan. Umrining soʻnggi-yillarida u ogʻir kasal boʻlib, buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekdi. U 2015-yil 29-noyabrda 75 yoshida vafot etdi, Toshkentning Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Qizi va nabiralari bor. U oʻz ona tilidan tashqari rus, ingliz va fransuz tillarini yaxshi bilardi.
Manbalar
tahrir- ↑ О назначении тов. Султанова У.Т. председателем Государственного комитета Республики Узбекистан по внешней торговле и зарубежным связям // 10.09.1991 г. // Вед. Вер. Сов. 1991 г. N 11, ст.235
- ↑ Sobiq bosh vazir vafot etdi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Аркадий ДУБНОВ.. „Рассекреченная Киргизия“. "Время новостей" (2001-yil 26-aprel).
Vikiomborda Oʻtkir Sultonov haqida turkum mavjud |