2011
(2011-yildan yoʻnaltirildi)
2011-yil (MMXI) shanba kuni boshlangan oddiy (yaʼni kabisa emas) yildir. 3-ming yillik va 21-asrning 11-yilidir. Oʻzbekistonda Kichik biznes va tadbirkorlik yili deb eʼlon qilingan.[1] Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2011-yilni Xalqaro kimyo yili, Xalqaro afrikaliklar yili, Xalqaro oʻrmonlar yili va Xalqaro yoshlar yili deb atagan.[2]
Ming yilliklar: | 3-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Voqealar
tahrir- yanvar - Braziliya va Avstraliyada yuz bergan kuchli suv toshqinlari bu mamlakatlar iqtisodiyotiga katta.
zarar etkazdi.
- 1-yanvar - Dilma Rusef Braziliya prezidenti (Davlat tarixida birinchi ayol prezident) etib tayinlandi.
- 7-29 yanvar - Qatarda futbol boʻyicha bo'lib oʻtgan XV Osiyo chempionatida Yaponiya terma jamoasi toʻrtinchi marta qit’a chempioni boʻldi. Yaponiya va Avstraliya oʻrtasida boʻlib oʻtgan final oʻyinini oʻzbekistonlik FIFA referisi, 2010 yilda jahonning ikkinchi hakami va Osiyoning birinchi hakami Ravshan Ermatov boshqardi. Unga oʻzbekistonlik qanot hakamlari Abdulhamid Rasulov va Rafael Ilyasov yordam berishdi. Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta yarim finalga chiqdi va kuchli toʻrtlikdan joy oldi.
- 14-yanvar - Tunis prezidenti Zin al-Obidin bin Ali lavozimidan chetlatildi va u mamlakatdan qochib ketishga majbur boʻldi.
- 19-yanvar - Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) so'rovi bo'yicha jahonning eng yaxshi hakamlari orasida oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov ikkinchi o'ringa loyiq topdi.
- 25-yanvar- 11-fevral - Misrda 30 yil mobaynida prezidentlik lavozimida turgan 83 yoshli Husniy Muborak rejimiga qarshi norozilik boshlandi. Namoyishga chiqqan 300 dan ortik kishi hukumat kuchlari tomonidan oʻldirildi. Mamlakat poytaxti Qohira, Iskandariya va boshqa shaharlarda komendantlik soati joriy qilindi. Rejimga karshi norozilik Husniy Muborakning iste’fosi bilan yakunlandi.
- 17-fevral - Liviya Arab Sotsialistik Xalk Jamahiriyasida Liviya inqilobi rahbari va jamahiriya boshligi Muyammor Qazzofiy hokimiyatiga
karshi norozilik chiqishlari boshlandi. Qazzofiy 1969 yil 27 yoshida hokimiyatni egallagan edi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, hukumat kuchlari 300 dan ortiq (ayrim manbalar da 1000 dan ortik) kishini oʻldirdi. Liviya Arab davlatlari ligasidan chiqarildi.
- 11-mart - Shimoliy sharqiy Yaponiyada 9,0, 9,1 magnitudadagi zilzila sodir bo'ldi. Yer silkinishi kuchli tsunamini vujudga keltirdi. Suv to'lqinining bo'yi 10 metrga yetdi. Bir necha yader reaktorlarida nosozliklar vujudga kelishi oqibatida atmosferaga radiatsiya tarqadi. 15 597 kishi o'ldi, 5694 kishi jaroxatlangan, 4980 kishi esa bedarak yo'qolgan (20-iyul). Iqtisodiy zarar taxminan 309 mlrd. USD'ni tashkil etdi.
- 1-may - AQSh prezidenti Barack Obama Al-Qoida rahbari Usoma bin Lodin oʻldirilgani haqida eʼlon qildi.
- 10-may - Microsoft Skype'ni sotib oldi.
- 30-iyun - Dunyodagi eng uzun koʻprik – Jiajou koʻprigi ishga tushirildi.
- 4-iyul - Meksikada o'tkazilgan futbol bo'yicha 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida jahon chempionatida Oʻzbekiston o'smirlari terma jamoasi birinchi marta chorak finalgacha yetib kelishdi.
- 7-iyul - “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo'shma korxonasida birinchi marta dvigatel ishlab chiqarildi.
- 9-iyul - Referendumdan soʻng, Janubiy Sudan muxtoriyati Sudandan ajralib chiqib, suveren davlat deb eʼlon qilindi.
- 15-iyul - Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev ilk marta Oliy Majlis oldida hisobot berdi.
- 17-iyul - Oʻzbekiston xalqaro transport yo'lagi bo'yicha bitimni tasdiqladi.
- 20-iyul - Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalari chegarasida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida Farg'ona viloyatida 13 kishi halok bo'ldi.
- 21-iyul - Atlantis shattli Kanaveral (AQSh)ga qo'ndi. Bu esa "Space shuttle" programmasining oxirgi nuqtasi edi. Shunday qilib, 30 yillik "Space shuttle" programmasi o'zi nihoyasiga yetdi.
- 22-iyul - Norvegiyada ikkita terrorchilik xuruji qilindi, 76 kishi halok boʻldi.
- 2-avgust - Oʻzbekistonda mustaqillikga erishganidan beri birinchi marta Oliy o'quv yurtlariga kirish imtixonlari 1-avgustdan 2-avgustga ko'chirildi.
- 6-avgust - Standart & Poor's (S&P) Xalqaro agentligi AQSh kredit reytingini bir pog'ona pastga tushirdi. Endi AQSh kredit reytingi AAA emas, AA+ deb belgilandi.
- 28-dekabr - Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Ir dafn etildi.
Vafot etganlar
tahrirYana qarang: Turkum:2011-yilda vafot etganlar
- 15-mart - Nataniel Dueyn Heyl (Nate Dogg) (amerikalik mashhur reper)
- 23-mart - Elizabet Teylor (amerikalik aktrisa)
- 1-may - Usoma bin Lodin (sobiq 1-nchi raqamli terrorchi, Al-Qoida rahbari)
- 21-iyun - Mariya Gomes Valentim (dunyodagi eng uzoq ko'rgan inson, 114 yilu 347 kun)
- 23-iyun - Peter Falk (amerikalik aktyor)
- 23-iyul - Amy Winehouse (ingliz qoʻshiqchisi)
- 17-dekabr - Kim Chen Ir (Shimoliy Koreya prezidenti)
Manbalar
tahrir- ↑ 2011-yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2011-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-13
- ↑ United Nations Observances, International Years
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |