Amy Jade Winehouse (talaffuzi: Eymi Jeyd Uaynhauz; 14-sentabr, 1983 – 23-iyul, 2011) ingliz xonandasi va shoirasi boʻlgan. Kuchli kontralto ovozga sohib edi,[1] jazz, soul va R&B janrlarida ijod qilgan.[2]

Amy Winehouse

Winehouse Fransiyada (2007)
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Amy Jade Winehouse
Tugʻilishi 14-sentabr 1983-yil(1983-09-14)
Vafoti 23-iyul 2011-yil(2011-07-23)
(27 yoshda)
Camden, London, Angliya
Faoliyat yillari 1993, 2003-2011
Janr Soul, jazz, R&B
Amplua vokal, gitara
Sayt www.amywinehouse.com

Winehouseʼning 2003-yilgi debut albomi, Frank, Birlashgan Qirollikda yaxshi qarshilandi va Mercury mukofotiga loyiq topildi. Uning keyingi, 2006-yilgi albomi, Back to Black, beshta Grammy Award mukofotini oldi, britan ayol ashulachi uchun bu rekord edi.[3][4] Back to Black Birlashgan Qirollikda eng koʻp sotilgan albomlardan boʻldi.[5] Albomdagi "Stronger Than Me", "Rehab", "Love Is a Losing Game" qoʻshiqlari hit-paradlarda yuqori joylarni egallab kelgan.

Winehouse ayol musiqachilarni hamda kiyimlar dizaynerlarini ilhomlantirgan shaxsiyat sifatida xotirlanadi. Lekin uning muammoli tomonlari ham bor edi: Amy 2007-yildan giyohvandlik va araqxoʻrlikka aralashib qoldi. Qolaversa uning sobiq eri, Blake Fielder-Civil, mushtlashuvda qatnashgani uchun hibsga olinib, qamoqqa yuborilgandi, bu Amy'ning ruhiy holatiga salbiy taʼsir qilgan. Natijada 2008-yili Winehouse sogʻligʻi ogʻirlashdi.[6][7]

Winehouse 2011-yilning 23-iyulida, 27 yoshida, Londondagi uyida oʻldi;[8][9] politsiya oʻlim sababini haligacha izohlamadi.[10][11][12]

DiskografiyasiTahrirlash

  • Frank (2003)
  • Back to Black (2006)

ManbalarTahrirlash

  1. The New York Observer 14-dekabr 2007-yil: Amy Winehouse: The Next Tragic Talent?, archived from the original on 2009-04-22, https://web.archive.org/web/20090422045335/http://www.observer.com/2007/amy-winehouse-next-tragic-talent, qaraldi: 2011-07-25 
  2. Amy Winehouse Frank Review. allmusic.com.
  3. Winehouse dominates Grammys with 5 wins Arxivlandi 2012-10-03 Wayback Machine saytida., MSNBC.
  4. "Amy Winehouse's brother on her return to form", The Times.
  5. „James Blunt records the biggest selling album of decade“, BBC News (29-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2011-yil.
  6. „Singer Winehouse 'has emphysema'.“, BBC (23-iyun 2008-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2010-yil.
  7. „Spokeswoman: Amy Winehouse doesn't have emphysema“. Associated Press via contracostatimes.com (23-iyun 2008-yil). [sayt ishlamaydi] [sayt ishlamaydi]
  8. McKinley, James; Ravi Somaiya and Julia Werdigier. „Amy Winehouse, British Soul Singer With a Troubled Life, Dies at 27“(aniqlanmagan). New York: New York Times (24-iyul 2011-yil). Qaraldi: 24-iyul 2011-yil.
  9. BBC News website 23 July 2011: Obituary: Amy Winehouse Retrieved 2011-07-23
  10. David Sillito. „Amy Winehouse found dead, aged 27“, BBC (23-iyul 2011-yil). Qaraldi: 23-iyul 2011-yil.
  11. David Batty and agencies. „Amy Winehouse dies aged 27“ (23-iyul 2011-yil).
  12. „Amy Winehouse Found Dead“, TMZ (23-iyul 2011-yil). Qaraldi: 23-iyul 2011-yil.

HavolalarTahrirlash